AQŞ prezidenti Donald Tramp Vermont ştatidan senator Berni Sandersning 2020 yilgi prezident saylovlarida iştirok etiş istagiga izoh berdi.
“Telba Berni hozirgina poygaga kirişdi. Unga omad tilayman”, deb yozgan Tramp tvitterda.
77 yoşli demokrat Sanders bundan avvalroq prezident saylovlarida iştirok etişini e'lon qilgandi.
Xillari Klintonning 2016 yildagi praymerizdagi boş raqibi bölgan Sanders Trampni “AQŞ uçun şarmandalik”, “ğirt yolğonçi”, irqçi, ksenofob deb atagan.
Şu tariqa navbatdagi prezident saylovlarida iştirok etiş istagini kongresvumen Tulsi Gabbard, senatorlar Kori Buker, Kirsten Jillibrand, Saut-Bend (Indiana ştati) meri Pit Battigig va San-Antonio (Texas ştati) meri Xulian Kastro bildirdi. Şuningdek, saylovlarda iştirok etiş istagini Tramp tomondan mazax qilinuvçi senator-demokrat Emi Klobuşar ham bildirgan.


















