«Real» klubi yarimhimoyaçi Luka Modriçga yangi şartnoma taklif qiladi. 

Marca xabariga köra, klub rahbariyati 33 yoşli futbolçini tarkibda saqlab qoliş haqida qaror qabul qilgan.

Eslatib ötamiz, Modriçning amaldagi şartnomasi 2020 yilgaça möljallangan. Dastlabki ma'lumotlarga köra, futbolçiga 2021 yilgaça möljallangan şartnoma taklif qilinadi. Agar Modriç uni imzolasa, 36 yoşiga qadar «Real» şarafini himoya qiladi.

Avvalroq, Modriçning «Inter»ga ötişi haqida xabarlar tarqalgan edi. Ammo xorvatiyalik Italiya çempionatida töp tepişni istamadi.