Toşkent şahrida onlayn nazorat-kassa maşinalarini qöllaş böyiça tajriba loyihasini amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisidagi hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, Toşkent şahrida onlayn nazorat-kassa maşinalari (NKM) tajriba loyihasi işga tuşiriladi, deb yozmoqda Adliya vazirligi telegram kanali.
Mazkur loyiha doirasida mahsulotlarni sotilgan vaqti va joyini körsatgan holda ma'lumotlarni soliq organlariga onlayn uzatişni ta'minlovçi nazorat-kassa maşinalari orqali tuşumlarni nazorat qilişning avtomatlaştirilgan tizimini qöllaş rejalaştirilmoqda.
Mazkur tajribada savdo va xizmat körsatiş bilan şuğullanuvçi tadbirkorlar fiskal modulni (ulangan qurilmaning hisoblaş quvvatini işlatmagan holda fiskal ma'lumotlarni kriptografik himoyasini ta'minlovçi qurilma) röyxatdan ötkazganidan söng ixtiyoriy iştirok etişi mumkin.
Fiskal modul zarur dasturiy ta'minot va texnik resurslar bilan beğaraz beriladi hamda tadbirkorlarning şaxsiy ma'lumotlari himoyalanadi.
Fiskal modulni röyxatdan ötkaziş uçun tadbirkorlar davlat soliq organlariga şaxsiy kabinetlari orqali murojaat etadi.
Soliq organlari bir iş kunida fiskal modulni röyxatdan ötganligi haqida xabarnomani yuboradi.
Tadbirkor beş iş kunida fiskal modulni bepul olib ketadi.












