Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jizzaxda o‘qituvchilar maosh kechikayotganidan shikoyat qilmoqda. XTV bunga munosabat bildirdi
Joriy yilning 16 fevral kuni “Maʼrifat” gazetasida “Zominlik o‘qituvchilar maoshi nega kechikyapti?” nomli maqola chop etilgan.
Xalq ta'limi vazirligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, o‘qituvchilarga naqd pul berish Xalq ta'limi vazirligi va hududiy boshqarmalari vakolatiga kirmasa-da, vazirlik vakolati doirasida gazetada chop etilgan Zomin tumanidagi o‘qituvchilar murojaatlarini o‘rganib chiqqan. Mahalliy banklar naqd pul yetkazib berish uchun mas'ul ekanligi ta'kidlangan.
«Shu o‘rinda mahalliy banklar naqd pul yetkazib berish uchun mas'ul ekanligini ta'kidlashimiz lozim», - deyiladi vazirlik xabarida.
Murojaat yuzasidan Jizzax viloyati hokimiyati vakillari bergan ma'lumotga ko‘ra, bu kabi holatlarni yuzaga kelishiga sabab mahalliy banklarda naqd pul muammosi bo‘lgan.
«Ammo bugungi kunda bu masala ijobiy hal etilgan. Ayni vaqtda barcha o‘qituvchilar oylik maoshlarini naqd pul bilan olishgan», - deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
15:20 / 19.06.2026
Samarqandda maktab o‘quvchisi o‘z joniga qasd qildi. U sinf rahbari tomonidan kaltaklangani aytilmoqda
13:52 / 11.06.2026
Jizzaxda attraksion halokati: 4 kishi jarohatlandi
12:29 / 06.06.2026
Jizzaxda yuk mashinasi yonib ketdi
08:56 / 04.06.2026