Jamoatçilik fikrining tizimli monitoringini ta'minlaş hamda mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy hayotida uning natijalaridan foydalaniş, şuningdek, 2017-2021 yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişlari böyiça Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni samarali amalga oşiriş maqsadida Özbekiston Prezidentining "Sotsiologik tadqiqotlar ötkazişni davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş çora-tadbirlari töğrisida"gi farmoni qabul qilindi.
Unga köra, “Ijtimoiy fikr” jamoatçilik fikrini örganiş markazi - “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatçilik fikrini örganiş markazi (keyingi örinlarda “Ijtimoiy fikr” markazi deb yuritiladi) etib qayta nomlandi.
Farmon bilan “Ijtimoiy fikr” markazining asosiy vazifalari belgilab berildi:
a) quyidagilarda:
· davlat hokimiyati va boşqaruvi organlari tizimida, davlat va jamiyat qurilişida – demokratik islohotlarni çuqurlaştiriş va mamlakatni modernizatsiya qilişda parlament, siyosiy partiyalar va fuqarolik jamiyatining boşqa institutlari rolini yanada kuçaytirişga, davlat xizmatining taşkiliy-huquqiy asoslarini rivojlantirişga qaratilgan islohotlar;
· sud-huquq sohasida – qonun ustuvorligini ta'minlaşga va inson huquqlarini işonçli himoya qilişga yönaltirilgan islohotlar;
· iqtisodiyotda – uning raqobatbardoşligini oşirişga, tarmoqlarni modernizatsiya qiliş, liberallaştiriş va diversifikatsiya qilişga, davlatning iqtisodiy jarayonlarda iştirokini kamaytiriş böyiça institutsional va tarkibiy islohotlarni amalga oşiriş sifatini aniqlaş va örganişga, xususiy mulkçilik huquqlarini işonçli himoya qilişga yönaltirilgan islohotlar;
· ijtimoiy sohada – aholini ijtimoiy muhofaza qiliş tizimini takomillaştirişga, uning bandligini ta'minlaşga, real daromadlarini oşirişga va xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini kuçaytirişga, ta'lim, soğliqni saqlaş, turizm, madaniyat, san'at, sport, ilm-fan va boşqa yönalişlarning sifatini oşirişga, davlatning yoşlarga oid siyosatini va arzon uy-joylar quriş dasturlarini amalga oşiriş çora-tadbirlarini bajarişga yönaltirilgan islohotlar;
· xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bağrikenglik, şuningdek, taşqi siyosat sohalarida – mamlakat mudofaa qobiliyatini, fuqarolar örtasida va dinlararo tinçlik hamda totuvlikni mustahkamlaşga, taşqi siyosat sohasidagi faoliyat samaradorligini yanada oşirişga yönaltirilgan islohotlar töğrisidagi jamoatçilik fikrini örganiş va tahlil qiliş;

















