Qatarning Redco International sanoat holdingi direktori Saif Ar-Rahmon Xon energetika yönalişi böyiça Özbekistonda yirik loyihalarni amalga oşirişga qiziqiş bildirmoqda, deb xabar bermoqda Özbekiston Respublikasi Taşqi savdo va investitsiyalar vazirligi axborot xizmati. 

Yengil sanoat, temir qurilmalar, beton işlab çiqariş sohasida yetakçi bölgan, 14 mingdan ortiq xodimlarni birlaştirgan kompaniya Özbekistonda muqobil energiya böyiça loyihalarni amalga oşirişni taklif etmoqda. 

«Kompaniya şunga öxşaş loyihalarni Ozarboyjon, Pokiston, Nigeriya va Qozoğistonda, işlab çiqarilgan energiyaning 1 kvatt/s uçun 4 sent qiymatida, amalga oşirgan. Şuningdek, kompaniya Toşkent şahri va boşqa hududlardagi bir qator mehmonxonalarni xususiylaştiriş masalasida qiziqişini bildirdi», – deb xabar bermoqda vazirlik. 

Eslatib ötamiz, avvalroq Kanadaning SkyPower loyihasi 1,3 milliard dollarlik moliya bilan ming megaVattga teng quvvatli elektrostansiya qurişini bildirgandi.