Toşkent şahar hokimligi qoşidagi Jamoatçilik kengaşi poytaxtdagi bir qator buziliş işlari yuzasidan çuqur qayğusini bildirdi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
«Ijtimoiy tarmoqlardagi muhokamalar, şahar ma'muriyati vakillarining bayonotlari, şuningdek, ötgan hafta davomida Toşkent ahlining fikrini tahlil qilib, Jamoatçilik kengaşi fuqarolar özini himoyasiz his etişi, Toşkentda eski turar-joylarni yangilaş, şaharsozlik loyihasini rivojlantiriş tartibsiz olib borişi oqibatida şaxsiy mulkka nisbatan tahdidlarni bilişi – yöl qöyib bölmas holat, deb hisoblaydi.
Şu munosabat bilan, Toşkent şahar hokimi Jahongir Ortiqxöjayevning Mirzo Uluğbek tumanida yaşovçi kişilar bilan uçraşuvda bildirgan fikrini inobatga olib, biz şahar ma'muriyatining amaldagi qonunlar asosida harakat qilişga intilişini qöllab-quvvatlaymiz», – deyiladi kengaş bayonotida.
Jamoatçilik kengaşi tarqatgan bayonotda aytilişiça, özgariş, quriliş loyihalari va yirik dasturlarni amalga oşirişning boşqa jihatlari mahalliy aholi bilan kelişilgan holda amalga oşiriş masalasi amaldagi qonunlarda nazarda tutilmagan. Şuningdek, tovon tölaş tartibi ham aholining noroziligiga sabab böladi. Kengaş quyidagi 3ta masalaga e'tiborni qaratişni taklif qilmoqda:
Birinçidan, şahar boş loyihasi, rivojlaniş strategiyasi va şaharsozlikka oid boşqa hujjatlar mavjud emasligi tufayli quriliş böyiça qabul qilinayotgan qarorlarda şaffoflikning yöqolişiga sabab bölmoqda. Aholi turmuşini töğri rejalaştirişi, sarmoyadorlar öz loyihalarini oson amalga oşirişi uçun Toşkent şahar loyihasini işlab çiqiş va uni ommaga e'lon qiliş zarur. Bunda, yangi binolarning loyihalaştirilişida eskirgan muhandislik kommunikatsiyalar va infratuzilmaga yuklamaning ösib borişi inobatga olinişi kerak.
Ikkinçidan, yangiliklarni tatbiq etişda Toşkent şahrining öziga xos «yuzi»ni unutib qöymaslik, uning yöqolib ketişiga yöl qöymaslik kerak. Turizm sohasi mamlakat rivojida muhim yönaliş ekanligi bildirilgan bir paytda, şaharning öziga xos körinişi, mehmonlarni öziga maftun etuvçi «yuzi»ga putur yetmasligi lozim.
«Yetakçi urbanistlarning ta'kidlaşiça, şaharning takrorlanmas qiyofasi işbilarmonlik markazlari soni va balandligi bilan emas, balki undagi tarixiy, madaniy, me'moriy qiymatga ega binolar bilan ölçanadi», – deyiladi bayonotda.
Şu tufayli Jamoatçilik kengaşi şahardagi madaniy, tarixiy va me'moriy qiymatga ega binolar röyxatini şakllantirişga çaqirmoqda. Şuning bilan, aniq talablarga mos keladigan binolarning buzilişiga taqiq qöyilişi kerak.

















