Qalbga umid uçqunlarini soçadigan kitob va filmlarda qiyinçiliklardan söng hamişa yaxşilik ğalaba qozonişiga köp guvoh bölamiz. Hayotda inson boşiga tuşadigan har qanday sinov, qiyinçiliklarga çiroyli sabr qilsa, oxiri albatta xayrli böladi.

Yodingizda bölsa, bir neça oy oldingi xayriya aksiyamizda Toşkentda istiqomat qiluvçi singlimiz Masturaxon haqida hikoya qilgan edik.  

Masturaxonga 2014 yili jigar sirrozi taşxisi qöyilgan. Vaqt ötib, uning terisi qurib, yuzlariga ajin tuşa boşlagaç, turmuş örtoği “men kasalmand xotin bilan yaşamayman”, deb oilasidan voz keçib ketgan. Ayol töliq davolanişga moddiy tomondan qurbi yetmay, muolajalarni uyda olişga majbur bölgan. Qornida suv töplanib, şişib ketgan.  Xayriya arafasida bemorning kasali yanada avj olib, tinkasi quriyotganligi haqida ma'lumot berişgandi...

Bemorni közdan keçirgan hind şifokorlari umid borligi, organ (jigar) köçiriş operatsiyasini amalga oşiriş mumkinligini aytişgan va operatsiya narxini 32 000 AQŞ dollari, deb baholaşgan edi.

Aksiya töğrisidagi maqolamizda: “Allohning mehribonligi şu bölsa kerak, bemorning ukasi Bahromjonning qon guruhi opasiniki bilan töğri kelgan va opasining dardiga tengma-teng şerik böliş uçun jigarining bir qismini donor sifatida berişga tayyor” – deb yozgan edik.

Şuni mamnuniyat bilan ma'lum qilamizki, Masturaxon saxovatpeşa yurtdoşlarimiz tomonidan ma'lum miqdorda yiğilgan mablağlar evaziga Hindistonga borib, jigar köçiriş operatsiyasini muvaffaqiyatli ötkazdi va özi ham, ukasi Bahrombek ham soğlom tarzda yurtimizga qaytib kelişdi.

Video: Mover (tas-ix)

Video: Youtube

“Nima bölarkan, degan ming hayajonda Turkiyaga borgandik. Operatsiyadan qörqqan edim, lekin juda yaxşi ötdi. Operatsiyadan söng 2 oyça muolajalar oldim. Şifokorlar yaxşi muomalada bölişdi, hatto tuğilgan kunimni ham uyuştirib berişdi. Oldinlari hatto hojatga ham dori iste'mol qilmasdan bora olmas edim. Hozir bölsa, heç qanday dorisiz boryapman. Özimni juda yaxşi his qilyapman.