Samarqand viloyatining Kattaqörğon şahri IIB sobiq katta tezkor vakili S.Umarov tomonidan tahqirlanib, şahar IIB binosida yeçintirilgan, söngra Oqdaryo tumanida sodir etgan öğriliklari uçun JIB Oqdaryo tuman sudi tomonidan 4 yil ozodlikdan çeklaş jazosi tayinlangan, Kattaqörğon tumanida istiqomat qiluvçi N.T. yana jinoyat ustida qölga tuşdi.
Video: Mover (tas-ix)
Video: Youtube
Bu haqda Jizzax viloyati Ğallaorol tumani huquq-tartibot organlari Kun.uz'ga ma'lum qilişmoqda.
Kun.uzʼga taqdim etilgan ma'lumotlarga köra, N.T. 2019 yil 10 fevral kuni ertalab 06:00 larda şerigi O.S. bilan Jizzax viloyati Ğallaorol tumanida joylaşgan “Ğallaorol dehqon bozori”da kissavurlik yöli bilan öğirlik qiliş maqsadida özaro jinoiy til biriktirib, bozorga kelişadi va uning hududida joylaşgan çoyxonada spirtli içimlik iste'mol qilib, mast holatda soat taxminan 08:00 larda tirband joyda kartoşka-sabzi xarid qilayotgan fuqaro L.Ahmedovaning hamyonidagi 165.000 söm pullarini va “Samsung” rusumli uyali telefon apparatini kissavurlik yöli bilan öğirlab olişadi.
Bundan taşqari, şu kuni soat taxminan 08:30 larda N.T. va O.S. özlarining jinoiy harakatlarini davom ettirib, “Ğallaorol dehqon bozori”ga kiriş darvozasining oldida odamlar tirband joyda fuqaro S.Yakubova paypoq sotib olayotganligidan foydalanib, uning hamyonidagi 75.000 söm miqdoridagi pullarini takroran kissavurlik yöli bilan öğirlab olgan çoğda uşlanib, jinoiy qilmişlari foş etilgan.
N.T. va O.S.dan L.Ahmedovaga tegişli bölgan “Samsung” rusumli uyali telefon apparati hamda S.Yakubovaga tegişli bölgan hamyon bilan 75.000 söm pullar hujjatlaştirib olingan.
2019 yil 12 fevral kuni mazkur holat yuzasidan N.T. va O.S.ga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan.
N.T. va O.S. fuqaro S.Yakubovaning hamyonidagi 75.000 söm miqdoridagi pullarini kissavurlik yöli bilan öğirlab olganliklariga bevosita guvoh bölgan bozorda savdo qiluvçi fuqarolarning bergan körsatmalari hamda “Ğallaorol dehqon bozori”ga örnatilgan, öğirlik holati tuşirilgan videokameradan olingan videotasvir bilan töliq öz tasdiğini topgan.














