Özbekiston Boş vaziri örinbosari, Xotin-qizlar qömitasi raisi Tanzila Norboyeva Kattaqörğonda içki işlar xodimi tomonidan tahqirlangan ayolning xonadoniga taşrif buyurdi.

Ayni vaqtda «Kun.uz» muxbiri Şuhrat Şokirjonov ham qömita raisiga hamrohlik qilmoqda.

Safar davomida jurnalist voqea tafsilotlarini aniqlaşni maqsad qilgan. Tez orada saytda içki işlar xodimi San'at Umarov işi doirasidagi yangi ma'lumotlar beriladi.

Kattaqörğondagi voqea internetda tarqalib ketgaç, Tanzila Norboyeva bu hodisaga ikki marta rasman munosabat bildirgan. U ayol qömita tomonidan himoyada bölişi, Umarov sudida qömita vakili iştirok etib, ayol şa'ni himoya qilinişiga va'da bergan.