Jinoyat işlar böyiça Oqdaryo tuman sudida sudya Ilyos Doniyorov raisligida Kattaqörğon tumanida istiqomat qiluvçi N.T.ga nisbatan oçilgan jinoyat işi körib çiqildi.

N.T. — Internetda maşhur bölgan ayol. U ikki farzandning onasi. Turmuş örtoği 2016 yili vafot etgan. 2018 yil 3 iyun kuni Kattaqörğon şahar Içki işlar bölimi katta tezkor vakili San'at Umarov tomonidan tahqirlanib, yeçintirilgani xabari jamoatçilik orasida katta rezonans keltirib çiqargandi. San'at Umarovning xatti-harakatlariga huquqiy baho berilib, u sud hukmi bilan 6,5 yilga ozodlikdan mahrum etilgandi.

Sudlanuvçi, N.T. esa Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 127-moddasi 3-qismi (Voyaga yetmagan şaxsni jinoyat qilişga jalb etiş) va 169-moddasi 3-qismining «a» bandi (takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan amalga oşirilgan öğrilik) bilan ayblandi.

Kattaqörğon IIBda tahqirlangan ayol Oqdaryoda sudlanmoqda — tafsilotlar

Avvalgi sud majlislarida 30 sentabr kuni öğirlatgan telefonlari va boşqa narsalarini qaytarib olgan hamda yetkazilgan moddiy zararlari qoplangan jabrlanuvçilar — Saodat Egamberdiyeva, Sojida Böriyeva, Muxlisaxon Narzullayeva sudlanuvçiga nisbatan da'vosi yöqligini bildirişgan.

Lekin, N.T. 16 sentabr kuni Nargiza Hasanovaga tegişli Samsung Galaxy J2 smartfoni hamda 400.000 söm pulni öğirlaganidan tonayotgan edi.

19 dekabr kuni sud mazkur jinoyat işini körişni yakunlab, hukm öqidi.

Kun.uz muxbiri xabar berişiça, sudda sönggi söz berilganida N.T. barça 4 epizod böyiça aybiga iqror bölib, zararlarni qoplaganini, jabrlanuvçilarning biror e'tirozi yöqligini ta'kidlab, bunday işlarni boşqa qaytarmasligini aytgan va suddan yengillik söragan.

Avvaliga sudya I.Doniyorov N.T. Özbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 169-moddasi, 3-qismining «a» bandi bilan, JKning 57-moddasini qöllab, 3 yilu 9 oyga ozodlikdan çeklaş jazosini tayinladi. 

N.T.ning voyaga yetmagan qizining sudda pedagog yordamida bergan körsatmasi, şuningdek guvohlarning körsatmasi bilan Jinoyat kodeksining 127-moddasi 3-qismi (Voyaga yetmagan şaxsni jinoyat qilişga jalb etiş) bilan ayblov qismi olib taşlandi.