2018 yilda Afğonistonda harbiy harakatlar oqibatida 3,8 ming kişilik tinç aholi halok böldi, yana 7,1 ming kişi yaralangan. Bunday ma'lumotlar BMTning Afğonistonga kömak beriş missiyasi va inson huquqlari böyiça oliy komissari hisobotida keltirilgan. 

Mutaxassislarning ta'kidlaşiça, qurbonlar soni 2017 yilga nisbatan 11 foizga köpaygan. Qurbonlar va jabrlanuvçilar umumiy soni esa deyarli 11 ming kişini taşkil qilgan va bunday ma'lumotlar hisobga olib borilişi boşlangandan beri rekord qiymat böldi.  

Ma'lum qilinişiça, qurbonlarning 63 foizi hukumatga qarşi kuraşuvçi kuçlar, jumladan “Tolibon” va IŞID hujumlari oqibatida halok bölgan. Şuningdek, terrorçi-xudkuşlar hujumi va havo operatsiyalari köplab umrlarni olib ketgan.

“Afğonistonda tinç aholiga yetkazilgan ziyon darajasi çuqur xavotirni uyğotadi va mutlaq yöl qöyib bölmasdir”, deb aytgan BMT boş kotibining Afğonistondagi maxsus vakili. U tinç aholi orasida qurbonlarning yanada köpayişini töxtatiş uçun çoralar körişga çaqirgan.

Afğonistonda hukumat kuçlari va “Tolibon” jangarilari qarama-qarşiligi davom etmoqda, bundan taşqari IŞID ta'siri kuçayib bormoqda. Afğoniston milliy mudofaa va xavfsizlik kuçlari terrorçilikka qarşi butun mamlakat böylab muntazam operatsiyalar ötkazib keladi.