Irlandiyalik suratkash, ikki bor World Press Photo tanlovi g‘olibi bo‘lgan Endryu Makkonelning ko‘rgazmasi Rossiyada ilk bor tashkillashtirilmoqda. «Qaytish» («Re-entry») deb nomlangan ko‘rgazma Moskvadagi Kosmonavtika muzeyida 28 fevralda ochiladi va 31 martga qadar davom etadi. Qozog‘istonda Xalqaro kosmik stansiya ekipajining Yerga qo‘nish chog‘ida tushirilgan fotosuratlar ushbu loyihaga asos bo‘lgan. «Meduza» ushbu fotosuratlarni e'lon qildi.

Yer usti qidiruv-qutqaruv guruhi «SoyuzTMA-15M» kosmik kemasi ko‘z ilg‘aydigan zonada paydo bo‘lishini kutmoqda. Qozog‘iston, 2015 yilning iyuni.

Qidiruv-qutqaruv guruhi «Soyuz MS-01» kemasining tushishini kutmoqda. «Ko‘k qush» otryadiga tegishli vezdexod Yerga qo‘ngan kosmik kemalarni hattoki noqulay ob-havo sharoitlarida qidirib topish va transportirovka qilishga mo‘ljallangan. Qozog‘iston, 2015 yilning iyuni.

«Ko‘k qush» qidiruv-qutqaruv mashinalari «Soyuz MS-01» tushuvchi apparatining qo‘nishidan avval. Qozog‘iston, 2016 yilning oktyabri.

Qidiruv-qutqaruv otryadi xodimlari daniyalik astronavt Andreas Morgensenga «SoyuzTMA-16M» kemasidan chiqishga ko‘maklashishmoqda. Qozog‘iston, 2015 yilning sentyabri.





















