Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimida ro‘yxatdan o‘tkazish orqali vakolatli organni xabardor etish tartibida o‘tkaziladigan tekshiruvlar ro‘yxati kengaydi, deb yozmoqda Norma.

Eslatib o‘tamiz, 2018 yil mart oyida «Sanoatgeokontexnazorat» inspeksiyasining yer qa'ridan foydalanish va muhofaza qilish ustidan nazorat qilish vazifalari Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasiga topshirilgan. Biroq Prokuratura organlarini xabardor etish tartibida o‘tkaziladigan tekshiruvlar ro‘yxatida yangi organning nazorat vakolatlari aks ettirilmagan edi.

2019 yil 23 fevraldan Inspeksiya tekshiruvlarning quyidagi turlarini o‘tkazishga haqli:

Tekshiruvlar (nazorat funksiyalari)

Nazorat qiluvchi organ

Tekshiruv muddati

Yer qa'rini geologik o‘rganishda undan foydalanish va muhofaza qilish, foydali qazilmalarni qazib olish, mineral xomashyoni qayta ishlash, shuningdek kon ishlarini geologiya-marksheyderlik bilan ta'minlash sohasida yuridik shaxslar tomonidan qonun hujjatlari va normativ hujjatlar talablariga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshirish

Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi

 

ko‘pi bilan 10 kun

 

Yer qa'ridan foydalanuvchilar qazib olgan (kavlab olgan) foydali qazilmalarning haqiqatdagi hajmi marksheyderlik o‘lchov xulosalariga muvofiq kelishi ustidan yilda ko‘pi bilan ikki marta monitoring qilish

Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda