2019 yilning 9 yanvar kuni Vazirlar Mahkamasining «Fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari yer maydonlarini maqbullashtirish hamda qishloq xo‘jaligi ekin yerlaridan samarali foydalanishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 14-sonli qarori qabul qilindi.

Mazkur qarordan ko‘zlangan maqsad va uning qabul qilinishiga asoslar nimalardan iborat edi?

Qarorni qabul qilishdan asosiy maqsad respublikada mavjud yer maydonlaridan unumli foydalanish va sohada yuqori samaradorlikka erishish edi. Hujjatda qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanishda tizimli muammolar mavjudligi sohani barqaror rivojlantirishga salbiy ta'sir etayotgani qayd etilgan.

Qarorda:

birinchidan, yerlarni noqonuniy ajratish va ulardan xo‘jasizlarcha foydalanish holatlariga yo‘l qo‘yilmoqda;

ikkinchidan, yerlardan, ayniqsa sug‘oriladigan yerlardan noqonuniy foydalanish, shaxsiy manfaati yo‘lida yakka tartibda uy-joy yoki boshqa bino va inshootlarni qurib olish holatlari ortib bormoqda;

uchinchidan, fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari yer maydonlarining konturlari kesimida ekinlarni joylashtirish va hosildorlikni belgilash bo‘yicha mahalliy hokimliklar tomonidan qabul qilingan qarorlarning shaffofligi va xolisonaligi ta'minlanmayapti. Bu esa, ayrim qishloq xo‘jaligi ekinlari shartnomaga nisbatan ko‘p yoki kam ekilishiga, hosildorlik adolatsiz belgilanishiga sabab bo‘lmoqda;

to‘rtinchidan, qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan tuproq unumdorligini oshirish, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash hamda zamonaviy resurstejamkor innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish masalalariga e'tibor qaratilmayapti, jumladan, tomchilatib sug‘orish tizimi bor-yo‘g‘i 43,1 ming gektar yoki jami sug‘oriladigan maydonning atigi 1 foizida joriy qilingan, deb asoslangan.

Tanlovda mas'ullar qaysi talablarga diqqat qaratishi kerak edi?

Qarorni asos qilib joylarda ochiq tanlovlar asosida yerlar ajratila boshlandi.

Tanlovda aslida asosiy e'tibor nimalarga qaratilishi kerak:

talabgor yuridik va jismoniy shaxsning hisobvarag‘idagi majburiyatlardan ozod bo‘lgan mavjud pul mablag‘lari mavjudligiga;

talabgorga yoki uning oila a'zolariga tegishli yaroqli qishloq xo‘jaligi texnikalari mavjudligiga;