Vazirlar Mahkamasining “Özbekiston Respublikasi boş vazirining ijtimoiy rivojlantiriş masalalari böyiça örinbosarining funksional vazifalari hamda Ijtimoiy rivojlantiriş masalalari kotibiyati töğrisidagi nizomlarni tasdiqlaş haqida”gi qarori qabul qilindi.
Özbekiston Respublikasi boş vazirining ijtimoiy rivojlantiriş masalalari böyiça örinbosarining funksional vazifalari töğrisidagi nizomga köra, boş vazir örinbosari Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi uning nomzodini ma'qullagandan söng Özbekiston Respublikasi prezidenti tomonidan lavozimga tasdiqlanadi.
Boş vazir örinbosari Özbekiston Respublikasi prezidentiga va Özbekiston Respublikasining boş vaziriga hisobot beradi.
Boş vazir örinbosarining faoliyati uzluksiz ta'lim, soğliqni saqlaş, jismoniy tarbiya, sport va turizm tizimini isloh qilişni muvofiqlaştiriş bilan boğliq masalalarni hal etişga yönaltirilgan.
Boş vazir örinbosari maqomiga köra Özbekiston Respublikasi hukumatining a'zosi hisoblanadi va Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi rayosati tarkibiga kiradi. Boş vazir örinbosari Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning rayosati majlislarida bevosita iştirok etadi.
Quyidagilar boş vazir örinbosari faoliyatining asosiy yönalişlari hisoblanadi:
2017-2021 yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişlari böyiça Harakatlar strategiyasi vazifalari, 2030 yilgaça Özbekiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş konsepsiyasini hamda örta muddatli va uzoq istiqbolda rivojlantirişning tasdiqlangan tarmoq va hududiy dasturlari öz vaqtida hamda samarali amalga oşirilişini ta'minlaş çora-tadbirlarini taşkil etiş;
vazirliklar va idoralar, davlat qömitalari hamda davlat boşqaruvining boşqa organlari tomonidan Özbekiston Respublikasi qonunlari, Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, parlament va deputatlar sörovlari, Özbekiston Respublikasi prezidentining qarorlari va topşiriqlari sözsiz bajarilişini taşkil qiliş yuzasidan monitoringni ta'minlaş, şuningdek, joylardagi işlarning real holatini doimiy örganiş, ijtimoiy sohadagi muammolarni har tomonlama tahlil qiliş va şu asosda strategik hamda ustuvor vazifalarni amalga oşirişga doir kompleks takliflar işlab çiqiş;
keyinçalik Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga taqdim etiş uçun Özbekiston Respublikasi prezidentining Oliy Majlisga murojaatnomasidan kelib çiqadigan tegişli yilga möljallangan davlat dasturining amalga oşirilişi töğrisida hisobotlar tayyorlanişini ta'minlaş;

















