Ukraina rahbari Pyotr Poroşenko prezidentlik muddati tugaganidan söng özi uçun «bitta munosib iş» borligini aytdi. Uning sözlarini Ukrinform agentligi keltirmoqda.
«Prezidentlik muddati yoki muddatlari tugaganidan söng men uçun özim orzu qilgan bir munosib iş bor — Ukrainaning Yevropa parlamentidagi deputati böliş», — dedi Poroşenko.
Şu bilan birga Ukraina prezidenti unga bunday vakolat faqatgina Yevropa ittifoqiga a'zo davlat berişi mumkinligini eslatib ötdi.
Avvalroq Poroşenko prezident saylovi halol va şaffof bölib ötişiga kafolat berişini bildirgandi.
Ukrainada prezident saylovi 31 martda bölib ötadi. Prezident lavozimiga rekord miqdorda – 44 nafar nomzod da'vogarlik qilmoqda.
Ijtimoiy sörovlarga köra, prezident saylovi reytingida nomzod Vladimir Zelenskiy yetakçilik qilmoqda. Keyingi örinlarda Yuliya Timoşenko va Pyotr Poroşenko bormoqda.


















