Sud erkakni besh kishining o‘limiga olib kelgan yo‘l harakati qoidalarini buzganlikda aybdor deb topdi hamda unga ikki yil va olti oyga ozodlikdan mahrum etish ko‘rinishidagi jazo tayinladi.
YTH 2018 yil 17 noyabr kuni Saratov oblasti Ozinskiy tumani hududidan o‘tuvchi A-298 federal avtomobil yo‘lining 225-km.da sodir bo‘lgan. Yo‘lovchi avtobusi temir yo‘l poyezdi kesishmasida yuk poyezdi bilan to‘qnashgan. Natijada O‘zbekistonning besh fuqarosi halok bo‘ldi hamda haydovchi va uning sherigi, Qozog‘iston fuqarolari og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizildi. Politsiya 61 yoshli avtobus haydovchisiga nisbatan jinoiy ish ochdi.
Politsiya aniqlashicha, ayblanuvchi Kaessbohrer avtobusini boshqarib, ko‘rish masofasi yomon bo‘lgan sharoitda svetoforning taqiqlovchi chirog‘i hamda tovush signalizatsiyasiga e'tibor bermay temir yo‘l kesishmasiga chiqib ketgan va yaqinlashib kelayotgan poyezdni sezmagan.











