Samarqandda Yoshlar ittifoqi kafillikka olgan ikki mahkum sud cheklovlarini buzgani uchun ozodlikdan mahrum etildi

Samarqand tumanida yashovchi 1995 yilda tug‘ilgan A.R va 1994 yilda tug‘ilgan F.A. o‘g‘irlik jinoyati sodir etib qo‘lga tushadi. Sud jarayonida jinoyatchilarning yosh ekanligi hisobga olinib, Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi kafilligi asosida qamoq jazosi o‘rniga ozodlikni cheklash jazosi qo‘llanilgan edi.
Sud qarori bilan mahkumlarga kech soat 22:00 dan ertalab 06:00 gacha yashash uylaridan chiqmaslik, spirtli ichimlik iste'mol qilmaslik hamda bir qator qo‘shimcha cheklovlar yuklatilgan edi. Shunga qaramasdan, har ikki yigitning yashash manzili Samarqand tuman ichki ishlar organlari probatsiya xizmati xodimlari tomonidan tungi vaqtda tekshirilganda, ular o‘z uyini tark etgani aniqlangan. Ogohlantirishga qaramasdan, bu holat yana bir martadan takrorlangan.
Bu haqda Samarqand tuman ichki ishlar organlari probatsiya xizmatining Kun.uz’ga xabar berishicha, mazkur holat yuzasidan jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand tuman sudining 2019 yil 21 fevral kuni D.Nuraliyev raisligida bo‘lib o‘tgan sud majlisida ikki mahkum ham aybiga to‘liq iqror bo‘lgan. Ularga belgilangan ozodlikni cheklash jazosi og‘irrog‘iga almashtirildi va ularga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llanildi.
Tavsiya etamiz
Zelenskiydan mamnun, Rossiya zarbalaridan hafsalasi pir bo‘lgan. Trampning oxirgi bayonotlaridan asosiy gaplar
Jahon | 16:21 / 28.04.2025
Turkiyalik erkak operatsiyadan keyin ona tilini unutib, boshqa tilda gapirishni boshladi
Jahon | 19:42 / 27.04.2025
Havo isib ketishi va qurg‘oqchilikka tayyor turishimiz kerak – Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 15:55 / 26.04.2025
Muddat qo‘yuvchi Tramp: buning oxiri bormi?
Jahon | 22:09 / 24.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Parlamentda g‘oyalar to‘qnashuvi: Navbatdagi yalpi majlis qanday o‘tdi?
O‘zbekiston | 11:10
-
Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston yo‘nalishida yuk tashuvchilar ogohlantirildi
O‘zbekiston | 10:31
-
Putin Belarusning dronlar uchun zavod qurishga tayyorligini ma’lum qildi
Jahon | 10:00
-
Uch oyda qancha ayolga himoya orderi berilgani ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 09:46
Mavzuga oid

20:00 / 29.04.2025
Samarqandda mayiz yetishtirish va eksport bo‘yicha yirik loyiha boshlanmoqda

23:22 / 25.04.2025
Samarqandda o‘quvchiga tashlanib, unga tazyiq o‘tkazgan o‘qituvchi ishdan olindi

11:58 / 25.04.2025
“Efirda uzilish va qotish bo‘lgan” – Samarqand va Andijondagi attestatsiya jarayonlari yuzasidan munosabat bildirildi

11:17 / 25.04.2025