Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat uy-joy fondidagi turar joylarni ijaraga berish to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi
Hukumat qarori (170-son, 26.02.2019 y.) bilan Davlat uy-joy fondidagi turar joylarni ijaraga berish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Adliya vazirligi telegram kanalida yozilishcha, nizomga muvofiq turar joyni ijaraga olish shartnomasi besh yildan ortiq bo‘lmagan muddatga tuziladi.
Turar joyni ajratish haqidagi qaror va ajratilayotgan joyga ko‘chib kirishga asos bo‘lgan order asosida o‘n kunda ijara shartnomasi tuziladi.
Davlat uy-joyidan foydalanganlik uchun ijara haqi turar joy maydonidan kelib chiqib turar joyning 1 kv.m. uchun Toshkent shahrida bir yilga eng kam oylik ish haqining 2 foizi, boshqa viloyatlarda 1 foizi miqdorida belgilanadi.
Ijara haqini to‘lash muddati shartnomada ko‘rsatilmagan bo‘lsa, u har oyda to‘lanadi.
Mavzuga oid
08:30 / 02.06.2026
Suv fondi yerlarini ijaraga berishning yangi tartibi joriy etildi
15:43 / 19.05.2026
Ayrim qarzlar notarius orqali undiriladi
08:44 / 18.05.2026
Toshkentda ijara bozori uy-joy sotuvidan tezroq o‘smoqda
18:42 / 03.05.2026