24 fevralda Kanadaning Ontario viloyati janubiy qismida bo‘ron kuzatildi. Kuchli shamol Eri ko‘li sohillariga ko‘lning o‘zidagi va Niagara daryosidan muz bo‘laklarini olib chiqdi. Buning natijasida Kanada hududida va AQShning Nyu-York shtatidagi ba'zi joylarda sohilbo‘yida balandligi 10 metrgacha keladigan muz “devorlar” hosil bo‘ldi.

Ijtimoiy tarmoqlarda foydalanuvchilar ushbu antiqa manzara videosi va fotolari bilan o‘rtoqlashdilar.

Foto: James Culic
Foto: David Piano‏
Foto: David Piano‏
Foto: Town of Hamburg Emergency Services`ning feysbuk sahifasi