«Sifatli ta'lim zarurati hozirgi avlodning keyingi avlod oldidagi qarzidir», degan edi amerikalik bankir, öz davrining eng boy odamlaridan biri Jorj Pibodi.
Har qanday mamlakatning taraqqiyoti avvalo ta'lim tizimiga borib taqaladi. Iqtisodiyot, siyosat, fan, sanoat, quriliş, tibbiyot — barça sohaning rivoji uçun ta'lim tizimining ahvoli muhim ahamiyatga ega.
Amerikalik iqtisodçi Arnold Harberger neoklassik iqtisodiy rivojlaniş modellarida inson kapitaliga katta e'tibor berilmay, oqibatda uşbu modellar kutilgan natijani bermagani haqida yozgan (1998). Jahon Banki ma'lumotiga köra, 1950 yilga nisbatan 2010 yilga kelib, Osiyo va Tinç okeani havzasi mamlakatlarida maktab öquvçilarining soni 200 baravarga oşdi. Şunga qaramay, Yer yuzida 124 million nafar öquvçi maktab ta'limidan yiroq, 250 million öquvçi esa boşlanğiç ta'limdan keyin ham öqiş-yozişni bilmaydi.
Psixologiya fanlari nomzodi Mahmud Yöldoşev umumta'lim maktablarida tubdan özgarişlar qiliş kerakligini ta'kidlagan holda ta'lim sifati böyiça dunyoda yetakçilik qiluvçi Skandinaviya mamlakatlari modelini joriy qilişni taklif etmoqda. U bu haqida Kun.uz muxbiri bilan suhbatda ta'kidlab ötgan.

— Rivojlangan mamlakatlarda bolani olti yoşdan maktabga qabul qiliş amaliyoti mavjud. Özimizda ham ba'zilar farzandini bir yil oldin öqişga beradi. Ba'zilar esa bola bu yoşda hali tayyor bölmaydi, degan fikrda...
— Bizda hozir mavjud bölgan — bolani 7 yoşdan boşlab maktabga beriş amaliyoti sovet tizimidan meros qolgan. Hozirgi possovet davlatlarida bu holatni kuzatiş mumkin. Vaholanki, ta'lim reytingida yetakçi bölgan Skandinaviya davlatlarida öquvçilar 6 yoşdan maktabga qabul qilinadi. Yaponiyada esa bola 5 yoşdayoq bizning 1-sinf öquvçilarimiz öqiydigan dasturni özlaştirib böladi.
Bola 6 yoşda hali ma'lumot qabul qilişga tayyor bölmaydi degan qaraşlar — notöğri. Aslida, 3 yoşdan boşlab bola atrofni öta faol tarzda va qiziqiş bilan qabul qila boşlaydi. 5 yoşda esa uni har tomonlama rivojlantirişning ayni vaqti. Tölaqonli işonç bilan aytiş mumkinki, 6 yoşli öğil ham, qiz ham bizdagi mavjud boşlanğiç ta'lim dasturini bemalol qabul qila oladi. Şuning uçun bu yoşni maktab qabuli uçun standart etib belgilaşni taklif qilaman.
Şuningdek, boşlanğiç sinfda baholaş tizimi bekor qilinişi tarafdoriman. Belgilangan bahoni ololmaslikdan qörquv hissi bolada öqituvçisidan, ota-onasidan hayiqişni paydo qiladi. Undagi erkinlik hissi tösiqlarga duç keladi. Bola maktabdagi ilk davrda erkin bölişi, çeklanmasligi kerak. Bu davrda bola qançalik erkin bölsa, uning jamiyatda öz örnini osonlik bilan topa olişi psixologiyada isbotlangan holat. Aks holda, unda nimanidir xato qilib qöysam yoki bilmasam, jamiyat menga «past baho beradi», degan seskaniş paydo böladi. Yuqori sinfgaça bolada erkinlik hissi şakllanib bölgaç, keyin baho tizimini joriy qiliş mumkin. Endi bunda baho yaxşiroq özlaştirişga nisbatan rağbat vazifasini bajaradi. Tengdoşlar örtasida soğlom raqobatni ta'minlaydi.













