Kun.uz saytida 14 fevral kuni «Andijondagi «unutilgan» mahalla aholisi qanday kun keçiryapti yoxud «Mahallamiz nomini özgartirib berişsin!» sarlavhasi ostida maqola e'lon qilingan edi. Unda Andijon tumani, «Xirabek» MFY, Boği Eram qişloğidagi içimlik suvi, bolalar boğçasi, tibbiyot muassasasi muammolari, hududdagi aholi bandligi, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar masalalariga oid kamçiliklar yoritilgandi.
Mazkur maqola keng omma e'tiboriga havola qilingaç, Andijon viloyat hokimi Şuhratbek Abdurahmonov viloyatning turli soha mutasaddilari bilan hududdagi muammolarni örganib çiqib, aholi vakillari bilan oçiq muloqot ötkazdi. Uçraşuv davomida aholi tomonidan kötarilgan muammolarni bartaraf etiş böyiça tuzilgan işçi guruh belgilangan reja böyiça iş olib bormoqda.
Andijon tumani hokimi Uluğbek Isomiddinov hududda bir qator işlar yakuniga yetgani haqida ma'lumot berganidan söng, Boği Eram mahallasiga bordik.
Darhaqiqat, mahallada içimlik suvi muammosini hal qiliş böyiça ötgan ön kun davomida katta işlar olib borilgan. Boği Eram hududi adirning yuqori qismida joylaşgani sababli, mahalladan 6 kilometr pastga 200 metr balandlikka suv otiş quvvatiga ega 45 kVtli suv nasosi örnatilib, uning atrofini qörğon devor bilan öraş işlari yakuniga yetgan. 6 kilometr masofaga suv tarmoği tortilib, mahallaning asosiy köçalariga jadval asosida içimlik suvi beriş boşlanibdi. Kiçik köçalarda quvur yotqiziş işlari davom etmoqda. Suv tarmoği bir maromda işlaşi uçun qöşimça 200 million sömlik loyiha amalga oşirilgan. Mahalladagi suv inşooti işga tuşib, atrofi qörğon devor bilan öralgan.




«Boği Eramda özgarişlar juda katta. Mahallamizga içimlik suvi yetib keldi. Viloyat hokimi bilan bölgan uçraşuv davomida, boşqa yiğilib qolgan bir qator muammolarimizni ham aytgan edik, ular ham hal böldi»,- deydi faxriy öqituvçi Mukarramxon opa Yöldaşeva.
























