11:00 / 27.02.2019
46305

Video: Kim Chen Inning oxiri yo‘q korteji va ajralmas qo‘riqchilari

Foto: REUTERS

28 fevral kuni Vetnamda AQSh prezidenti Donald Tramp hamda Shimoliy Koreya prezidenti Kim Chen In navbatdagi sammit doirasida uchrashadi. Ayni damda har ikki mamlakat rahbarlari Vetnam poytaxti Xanoyga yetib kelishgan.

Dunyodagi eng yopiq mamlakat hisoblanuvchi Shimoliy Koreya prezidenti Kim Chen In ham xuddi mamlakati kabi sirli inson hisoblanadi. Uning qo‘riqchilari allaqachon dunyoga mashhur bo‘lishgan.

Kim Chen Inning Vetnamga kelishi ham kutilganidek dabdabali bo‘ldi. Internetda Vetnamga poyezdda kelgan prezidentning mehmonxonaga ketayotgan korteji videosi tarqaldi. Unda oxiri yo‘q mashinalar karvoni hamda o‘z vazifasini favqulodda sadoqat bilan bajarayotgan prezident qo‘riqchilarini ko‘rish mumkin

Qo‘riqchilar doimgidek prezidentning zirhli mashinasini jonli to‘siq bo‘lib himoyalashdi va bu bilan yana bir bor butun dunyoning e'tiboriga tushishdi.

Top