Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yil so‘ngiga qadar uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj fuqarolar bo‘yicha elektron ma'lumotlar bazasi shakllantiriladi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat uy-joy fondidagi turar joylarni taqsimlash va fuqarolarga ijara shartnomasi asosida berishni tartibga solishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan fuqarolarni hisobga olish, davlat uy-joy fondidagi turar joylarni taqsimlash va taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi nizom va Davlat uy-joy fondidagi turar joylarni ijaraga berish va hisobini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanmoqda.
Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan fuqarolarni hisobga olish, davlat uy-joy fondidagi turar joylarni taqsimlash va taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi nizomda asosiy tushunchalar tavsiflab o‘tilishi bilan birgalikda, turar joy maydonining normasi; uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan fuqarolarni hisobga qo‘yish va hisobdan chiqarish; fuqarolarga uy-joyni taqdim etish navbati; uy-joylarni taqsimlash va taqdim etish; turar joyga joylashish uchun order berish tartibi; turar joylarni almashtirish; turar joyni qayta rejalashtirish, buzib qaytadan qurish va mukammal ta'mirlash; xizmat yuzasidan beriladigan turar joylar kabi boblar o‘rin olgan.
Davlat uy-joy fondidagi turar joylarni ijaraga berish va hisobini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomda umumiy qoidalar va tushunchalar bilan birga turar joyni ijaraga berish tartibi; turar joyning ijara shartnomasini tuzish va bekor qilish; ijara haqi; turar joyning ijara shartnomasi bo‘yicha hisob-kitob qilish; turar joyni topshirish va qaytarib olish tartibi; ijaraga berilayotgan turar joyning hisobini yuritish va uni nazorat qilish kabi qoidalarga aniqlik kiritilgan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2020 yil 1 yanvarga qadar davlat uy-joy fondidagi turar joylarni olish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni idoralararo elektron hamkorlik tizimi orqali olinishini yo‘lga qo‘yishi, shuningdek, uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj fuqarolar bo‘yicha elektron ma'lumotlar bazasini shakllantirib, ularni rasmiy veb-saytlariga joylashtirilishini va muntazam ravishda yangilab borilishini ta'minlashi buyurilgan.
Mavzuga oid
18:34 / 16.07.2026
Ipotekaga olingan uyga boshqa shaxslarni ro‘yxatga qo‘yishda bankning ruxsati talab etilmaydi
13:46 / 13.07.2026
2025 yilda uy-joy narxlari pasaydi, oldi-sotdi ko‘paydi - Markaziy bank tahlili
18:36 / 05.07.2026
Kamida 15 yil ish stajiga ega tibbiyot xodimlariga uy-joy sotib olish uchun subsidiya beriladi
19:48 / 03.07.2026