Klasiko vaqtida Benzemaning uyiga o‘g‘ri tushgan
«Real» hujumchisi Karim Benzemaning uyiga o‘g‘ri tushgan. El Chiringuito xabariga ko‘ra, o‘g‘rilik kecha bo‘lib o‘tgan «Real»-«Barselona» o‘yini vaqtida sodir bo‘lgan.
Jinoyatchilar 31 yoshli fransuzning uyidan nimani o‘g‘irlashgani borasida hozircha ma'lumotlar yo‘q.
Shunisi aniqki, bu mavsum futbol o‘yinlari vaqtida taniqli futbolchilarning uyi tunab ketilishi birinchi marta kuzatilayotgani yo‘q. Avvalroq «Barselona» futbolchilari Kevin-Prins Boateng va Jordi Alba, «Liverpul» a'zosi Sadio Mane, «PSJ»dan Tiago Silva, Dani Alves va Erik Maksim Shupo-Moting kabilarning uyiga o‘g‘ri tushgandi. Shuningdek, «Marsel» prezidenti Jaka-Anri Eyroning xonadonini ham tunab ketishgan.
Mavzuga oid
23:12 / 27.11.2023
OChL. «Nasaf» kambek ko‘rsatib guruh peshqadamiga aylandi, Benzema O‘zbekistondan g‘alaba bilan qaytdi
10:59 / 03.10.2023
Benzema va Kante jamoasi Eronda o‘ynashdan bosh tortdi. Muammo nimada?
16:11 / 21.08.2023
Ronaldu OChLda ro‘yxatdan o‘tkazildi. Krishtianu, Neymar va Benzema qaysi o‘zbek klubiga qarshi o‘ynashi mumkin?
21:02 / 07.07.2023