Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Özbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksiga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qonun loyihasi joylaştirildi.

Hujjat bilan Özbekiston Respublikasining 2018 yil 24 yanvarda qabul qilingan ÖRQ–461-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Özbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksiga quyidagi özgartiş va qöşimçalar kiritilişi mumkin:

162-moddaning ikkinçi qismi quyidagi tahrirda bayon qilinadi:

“Işni sud muhokamasiga tayyorlaş böyiça harakatlar da'vo arizasini iş yuritişga qabul qiliş va iş qözğatiş töğrisidagi ajrimda bayon etilişi mumkin, bundan işni sud muhokamasiga tayyorlaş çoğida sudgaça majlis ötkaziş hollari mustasno”;

quyidagi mazmundagi 163-1-modda bilan töldiriladi:

“163-1-modda. Sudgaça majlis

Zarur bölgan hollarda, işni sud muhokamasiga tayyorlaş çoğida sudya sudgaça majlis ötkazişi mumkin.

Bunda sudya:

1) da'vogarni özi arz qilingan talablarning mohiyati böyiça söroq qiladi, undan javobgar bildirişi mumkin bölgan e'tirozlarni aniqlaydi va, agar bu zarur bölsa, da'vogarga qöşimça dalillar taqdim etişni taklif qiladi, şuningdek arz qilingan talablaridan voz keçiş huquqini hamda voz keçişning huquqiy oqibatlarini tuşuntiradi;

2) işning holatlari böyiça javobgarni söroq qiladi, da'vogarning talabiga qarşi uning qanday e'tirozlari borligini va bu e'tirozlar qanday dalillar bilan tasdiqlanişi mumkinligini aniqlaydi, şuningdek javobgarga da'vogarning talablarini tan oliş yoxud qarşi talablar qözğatiş huquqini tuşuntiradi, alohida murakkab işlar böyiça esa, javobgarga iş yuzasidan yozma tuşuntirişlar taqdim etişni taklif qiladi. Javobgar sud majlisiga kelmagan taqdirda uning tomonidan yozma tuşuntirişlar va dalillar taqdim etilmaganligi işni işdagi mavjud dalillar böyiça köriş uçun tösqinlik qilmaydi;

3) taraflardan kelişuv bitimi yoki nizolarni hal qilişning muqobil usullarini tuziş ehtimolini aniqlaydi va ularning huquqiy oqibatlarini tuşuntiradi;

4) işning murakkabligini hisobga olgan holda, şu jumladan nizoni hal qiliş uçun ahamiyatli bölgan iltimosnoma va hujjatlarni topşiriş muddatlarini, agar mavjud bölganda guvohlar röyxatini almaşişni nazarda tutuvçi sud muhokamasining prognoz jadvalini aniqlaydi;