Bugun, 1 mart kuni Özbekiston mudofaa vazirining birinçi örinbosari – Qurolli Kuçlar Boş ştabi boşliği general-mayor Pavel Ergaşev Rossiya Federatsiyasi Markaziy harbiy okrugi qöşinlari qömondoni general-polkovnik Aleksandr Lapin boşçiligidagi harbiy delegatsiyani qabul qildi.
Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabariga köra, uçraşuv davomida tomonlar ikki davlat mudofaa idoralarining hamkorligi hamda uni rivojlantiriş istiqbollari, harbiy-ta'lim yönalişida özaro manfaatli aloqalarni mustahkamlaş muhokama qilindi.

Özbekiston Qurolli Kuçlari Boş ştabi boşliği Pavel Ergaşev davlatlarimiz rahbarlari hamda mudofaa vazirlarimiz darajasida muntazam ravişda ötkazib kelinayotgan uçraşuvlar strategik hamkorlik va mamlakatlarimiz örtasida ittifoqdoş munosabatlarni mustahkamlaşga, şuningdek, mintaqada xavfsizlikni ta'minlaşga qöşimça turtki bölişini ta'kidladi.
General-mayor P. Ergaşev Rossiya Markaziy harbiy okrugi qöşinlari qömondoniga Özbekiston Mudofaa vazirligi qöşinlarining jangovar tayyorgarligini oşiriş masalalarida körsatayotgan yordami uçun minnatdorçilik bildirdi.

2017 yilning oktyabrida «Foriş» toğ poligonida (Jizzax viloyati) ikki mamlakat örtasida harbiy hamkorlik hamda Rossiya—Özbekiston qöşma harbiy maşğulotlari ham yod etildi, unda Rossiya Markaziy harbiy okrugiga qaraşli toğ-öqçi bölinmalarini jalb etilgandi.
2016 yildan qayta tiklangan Özbekiston harbiy xizmatçilarini Rossiya muassasalarida öqitiş amaliyoti ham naqadar ahamiyatli ekanligi ham qayd etib ötildi.
Aleksandr Lapin Özbekiston Rossiyaning strategik hamkori hamda Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlikning kafolati ekanligini bildirdi.
Uçraşuvdan söng, Rossiya Qurolli Kuçlari delegatsiyasi Özbekiston Qurolli Kuçlari akademiyasiga taşrif buyurib, oliy harbiy ta'lim muassasasi tarixi va faoliyati, şuningdek, qömondonlik va ştab böğinida harbiy kadrlarni tayyorlaş sohasida yangiça yondaşuvlar bilan tanişdi.



















