Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xususiy mulkni davlat ehtiyoji uchun noqonuniy tortib olishdan shikoyat qilganlar soni ikki baravar oshdi - Ombudsman
Xususiy mulkni davlat ehtiyoji uchun noqonuniy tortib olish holatlari yuzasidan murojaatlar soni ikki baravarga oshgan, deya ma'lum qildi Inson huquqlari bo‘yicha vakil (ombudsman) Ulug‘bek Muhammadiyev.
1 mart kuni o‘z ishini davom ettirgan Senatning XVIII yalpi majlisida Ombudsman 2018 yilgi faoliyati yuzasidan hisobotini ma'lum qildi.
«Jismoniy va yuridik shaxslarning o‘z iqtisodiy huquqlari va erkinliklarini ta'minlash hamda tadbirkorlik faoliyatini rag‘batlantirish masalalari bo‘yicha murojaatlarini umumlashtirish orqali quyidagi xulosalarni qilish mumkin:
— mahalliy hokimiyat organlari xususiy mulkni davlat ehtiyojlari uchun qonun hujjatlarida belgilangan qoidalarga rioya qilmagan holda undirishi. 2018 yilda shunga o‘xshash shikoyatlar soni 1,9 baravar oshgani qayd etildi (385 ta shikoyat).
Mahalliy hokimiyat organlari vakillarining mulk egalariga ko‘p holatda qo‘pol munosabatda bo‘lishi aholining ijtimoiy kayfiyatiga putur yetkazuvchi omil bo‘lmoqda, bu esa xalq bilan muloqotni rivojlantirish va tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash choralariga zid holatdir.
— joylarda tadbirkorlik va fermerlikni rivojlantirish yo‘lida to‘siqlar saqlanib qolmoqda. Tadbirkorlik sub'yektlari va fermerlarning mahalliy davlat hokimiyati organlari vakillari harakatlari ustidan yozilgan shikoyatlari soni 2018 yilda o‘tgan yilga nisbatan 1,8 baravarga oshdi», — deydi u.
Muhammadiyevning aytishicha, mazkur shikoyatlarda mahalliy hokimiyat va nazorat organlarining tadbirkorlik sub'yektlari faoliyatiga asossiz aralashuvi, hujjatlarni rasmiylashtirishdagi byurokratik to‘siqlar, ishlab chiqarishni, fermer xo‘jaligini yaratish yoki kengaytirish uchun yer maydonlari olishning amalda qiyinligi bayon qilingan.
Mavzuga oid
18:58 / 20.12.2025
Talabalar tomonidan 9 oy ichida 500ga yaqin jinoyat sodir etilgan
19:50 / 19.12.2025
Mahalliy kengash va hokimlar faoliyatiga xos bo‘lmagan 8 ta vazifa bekor qilinadi
22:08 / 20.09.2025
Toshkentda yosh qizlarga uyatsiz harakatlar qilgan erkakka nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
00:28 / 12.09.2025