2018 yilda 14 millionga yaqin Özbekiston fuqarosi çet elga borgan. Bu haqda Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qömitasi raisi Farrux Dadaxöjayev ma'lum qildi.

«Çet davlatlarga çiqayotgan fuqarolarimiz soni yildan yilga keskin oşib bormoqda. Xususan, 2016 yilda 5 million 310 ming nafar, 2017 yilda 6 million 823 ming nafar va 2018 yilda 13 million 838 ming fuqaro xorijga çiqqan»​, — deydi u.

Dadaxöjayevning ta'kidlaşiça, ularning aksariyati, Qozoğiston, Rossiya, Turkiya, Janubiy Koreya, Xitoy va boşqa davlatlarga borişgan.

Ma'lumot uçun, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 avgustdagi farmonida 2021 yilning 1 yanvariga qadar Özbekiston fuqarolariga kiriş vizalarini rasmiylaştiriş talab etilmaydigan davlatlarga 2011 yilgi namunadagi biometrik pasport bilan çiqiş mumkinligi belgilangan.

Şuningdek, muddati ötmagan xorijga çiqiş ruxsatini beruvçi stiker yopiştirilgan 2011 yilgi namunadagi biometrik pasport egalari ham 2021 yilga qadar çet elga çiqişi mumkin.