Bishkek Rossiyaga «Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston» temir yo‘li bo‘yicha taklif bilan chiqdi
Qirg‘iziston hukumati Rossiyani «Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston» temir yo‘li qurilishi loyihasini amalga oshirishda ishtirok etishga taklif qildi. Bu haqda 1 mart kuni Bishkekda, Qirg‘iziston - Rossiya hukumatlararo komissiyasining 21-yig‘ilishi yakunlariga izoh berib, respublika bosh vaziri o‘rinbosari Jyenish Razzoqov ma'lum qildi.
«Biz «Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston» yo‘li bo‘yicha shunday taklif bilan chiqdik, hozir ekspertlar guruhi va Rossiya Transport vazirligi mutaxassislari buni o‘rganmoqda», - dedi u. Uning ma'lumotlariga ko‘ra, Rossiya tomoni hali qaror qabul qilmadi, ammo «bunga qiziqmoqda», deya xabar beradi TASS.
Bosh vazir o‘rinbosarining ta'kidlashicha, bu band hukumatlararo yig‘ilishning yakuniy bayonnomasida aks ettirilgan. Hujjatda qayd etilishicha, «Rossiya temir yo‘llari» kompaniyasi loyihada hamkor sifatida ishtirok etishi mumkin.
Rejalashtirilayotgan temir yo‘lning uzunligi 268 km.ni tashkil etadi. U Qoshg‘ar shahridan boshlanadi va Arpa vodiysi orqali Qorasuv shahriga, so‘ngra Andijonga olib boradi. Bu yo‘l Sharqiy Osiyo uchun Yevropaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqish yo‘nalishiga aylanadi. Uning qurilishi Qirg‘izistonning Xitoy va Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan avtomagistral qatnovlarini sezilarli darajada ixchamlashtiradi. Xitoyning Tinch okeani qirg‘oqlaridan yuklarni yetkazib berish haftalar emas, balki oylarni talab qiladi. Shunga ko‘ra, Qirg‘iziston o‘z mahsulotlarini dengiz bo‘yicha eksport qilish imkoniga ega bo‘ladi.
Bunday yirik loyihani amalga oshirish masalasi ko‘p yillar davomida Qirg‘iziston, Xitoy va O‘zbekiston tomonidan muhokama qilinmoqda.
Mavzuga oid
22:01 / 12.11.2024
Qirg‘izistonda hokimiyatni egallashga tayyorgarlik ko‘rgan yetti kishi qo‘lga olindi
21:11 / 11.11.2024
Namanganda poyezd bilan to‘qnashgan Damas haydovchisi halok bo‘ldi
16:44 / 11.11.2024
Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi Qirg‘izistonda 38 ta maktab qurib beradi
17:21 / 06.11.2024