Vazirlar Mahkamasining “Özbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Tarmoq bozorlari va eksportga yönaltirilgan işlab çiqariş tadqiqotlari markazi faoliyatini taşkil etiş töğrisida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjatda qayd etilişiça, Özbekiston Respublikasi prezidentining "Tovar bozorlarida savdoni yanada erkinlaştiriş va raqobatni rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida” 2018 yil 30 oktyabrdagi PF-5564-son farmoni bilan Özbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzurida Tarmoq bozorlari va eksportga yönaltirilgan işlab çiqariş tadqiqotlari markazi taşkil etilgan.
Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilandi:
respublikada işlab çiqariladigan va import qilinadigan mahsulotlar (tovarlar va xizmatlar) nomenklaturasi va turlari töğrisida xöjalik yurituvçi sub'yektlarga axborot beriş uçun muntazam yangilanib boriladigan elektron-axborot portalini yaratiş;
içki işlab çiqariş quvvatlari, tovarlarga bölgan talab va taklifning hajmlari, şuningdek, işlab çiqariladigan va iste'mol qilinadigan mahsulotlar içki bozorda narxlarning özgarişi haqidagi ma'lumotlar bazasini şakllantiriş;
tovar bozorlaridagi narxlar, talab va takliflarning özgarişi dinamikasini tahlil va monitoring qiliş hamda şu asosda tegişli takliflar tayyorlaş;
tarmoq bozorlari kon'yunkturasini respublika va hududlar kesimida kompleks örganiş, ularning muvozanatli rivojlanişi töğrisida takliflar tayyorlaş.
Belgilab qöyilişiça:
Markaz direktori Özbekiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;
Markaz direktori maqomi, mehnatga haq tölaş, tibbiy va transport xizmatlari şaroitlari böyiça Özbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining departamenti boşliğiga tenglaştiriladi.
Özbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda Moliya vazirligining budjetdan taşqari Markazni axborot bilan ta'minlaş va moddiy rağbatlantirişni taşkil etiş jamğarmasini taşkil etiş töğrisidagi taklifiga rozilik berildi.
Vazirlik va xöjalik yurituvçi sub'yektlarning buyurtmalari böyiça şartnoma asosida tovarlar va xizmatlar bozorini tadqiq etiş borasida bajarilgan işlar uçun olingan mablağlar hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boşqa manbalar budjetdan taşqari Jamğarmani şakllantiriş manbalari etib belgilandi.
















