Samarqandda 141 ta obektda yer ajratish, qurilish tartib-qoidasi va texnologiyalari buzilgan
Samarqand shahrida qurilayotgan binolar loyihalarini muhokama qilish bo‘yicha Samarqand viloyat Arxitektura va qurilish boshqarmasida qurilish korxonalari rahbarlari bilan qurilayotgan binolar muhokamasi bo‘ldi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri Anvar Mustafaqulov.
Mazkur binolar Samarqand shahrining tarixiy qismida qurilayotgani sababli Shaharsozlik kengashi a'zolari — Samarqand viloyat va shahar hokimligining qurilish, arxitektura ishlari bo‘yicha rahbar va mutaxassislari, Toshkent va Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutlari professor-o‘qituvchilari, Madaniyat vazirligi huzuridagi madaniy meros departamenti Samarqand viloyati boshqarmasi mutaxassislari muhokamada ishtirok etdi.
Yig‘ilishda mavjud me'yorlarga mos kelmagan ko‘plab binolarning loyihasiga o‘zgartirish kiritildi. Qurib bo‘lingan, ammo balandligi tarixiy hududda bino qurish qoidalariga mos kelmaydigan bir nechta binolarning yuqori qavatlari buziladigan bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 14 fevralida Samarqand viloyat hokimligida o‘tkazilgan yig‘ilishda hokim E.Turdimov respublika prokuraturasi ishchi guruhi taqdim etgan ma'lumotnomaga asosan Samarqand shahridagi 141 ta obektda yer ajratish, qurilish tartib-qoidasi va texnologiyalari buzilganini ma'lum qilgandi.
«Qurilishdagi pinhona kelishuvlar, hujjatlardagi soxtaliklar, tender tanlovlarining yopiqligi sohadagi qonun buzilishlari hamda korrupsiyaga yo‘l ochgan. Ayniqsa, qadimiy shahardagi ayrim tarixiy meros obektlariga zarar yetgan. Bu holat YuNeSKO ma'muriyatining e'tiroziga sabab bo‘lgan», — degan edi viloyat hokimi Erkinjon Turdimov.
Mavzuga oid
09:28 / 08.11.2024
Samarqandga 100 ta elektrobus olib kelinadi
10:53 / 07.11.2024
Misr Samarqand viloyati tuman va shaharlarida suv ta’minoti tizimini modernizatsiya qilishi mumkin
21:44 / 01.11.2024
Samarqandda avtobus salonini ayollar va erkaklar uchun ajratgan haydovchiga chora ko‘rildi
11:44 / 31.10.2024