2 mart kuni Surxondaryo viloyati Uzun tumani «Boğdara» qişloğida özbek-tojik xalqlarini boğlovçi yana bir ötkaziş punkti — ​«Bobotoğ»​ çegara bojxona punkti işga tuşdi, deb xabar bermoqda Davlat bojxona qömitasi axborot xizmati.

Ma'lum qilinişiça, «Bobotoğ»​ çegara-bojxona punktiga tutaş hududda Tojikistonning «Hisor» çegara-bojxona postining oçilgani qöşni davlatning «Hisor» va «Rödakiy» tumanlarida istiqomat qiluvçi aholiga ham qulaylik taqdim etadi. 

«Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 28 avgustdagi «Özbekiston Respublikasi hamda Tojikiston Respublikasi örtasidagi ikki tomonlama strategik hamkorlikni yanada kengaytiriş va mustahkamlaş çoralari töğrisida» PQ 3923-son qarori ijrosi doirasida «Bobotoğ» çegara bojxona postini bunyod etiş borasida keng kölamli işlar amalga oşirildi.

Postda jismoniy şaxslar, tovar va transport vositalarining qisqa muddatda va samarali ravişda bojxona nazoratidan ötkaziş uçun barça şaroitlar muhayyo qilingan. Bu borada 300 mln. sömlik bunyodkorlik işlari amalga oşirildi. Postga eltuvçi yöllarga asfalt yotqizilib, yoritqiçlar örnatildi, yon-atrof kökalamzorlaştirildi», — deyiladi DBQ axborotida.​

Şuningdek,bu yerda çegaraçilar, ösimliklar karantini, sanitariya epidemiologiya, veterinariya nazorati mutaxassislari, suğurta xizmatlarini körsatiş uçun şaroitlar taşkil etilgan.

Eslatib ötamiz, 2018 yilning 1 martidan boşlab, mamlakatlar örtasida özaro vizasiz tartib joriy etilgandi. Şundan söng, davlat çegarasidagi 9 ta ötiş punktlarining faoliyati qayta tiklandi. Çegaradoş hududlar örtasida muntazam almaşinuvlar yölga qöyilgandi.