2020 yilgi prezident sayloviga öz nomzodini qöygan senator-demokrat Berni Sanders demokratlar partiyasining rasmiy nomzodi bölişiga va hozirgi prezident Donald Tramp ustidan ğalaba qozonişiga işonişini bildirdi.

"Nafaqat demokratlar partiyasining nomzodi sifatida ğalaba qozonişim, balki zamonaviy Amerika tarixidagi eng xavfli prezident bölgan Donald Trampni yengişimga olib keladigan mazkur kampaniyada iştirok etayotganingiz uçun minnatdorlik bildiraman", - dedi u özining bir neça ming tarafdorlari iştirokidagi mitingda.

Sanders 2016 yilgi saylovlarda ham demokratlar nomidan iştirok etgan, biroq öşa kampaniyani partiya içidagi saylovlarda Xillari Klintonga yutqazib qöygan.Berni Sanders hamma uçun hamyonbop soğliqni saqlaş tizimini kiritiş, eng kam iş haqi miqdorini oşiriş va davlat oliy ta'lim muassasalarida bepul oliy ta'limni joriy qilişga va'da bermoqda.