Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga taşrifi davomida ötkazilgan yiğiliş vaqtida Mudofaa va içki işlar tizimidagi ortiqça vaznga ega xodimlar vazn taşlaşi kerakligi haqida gapirgan.

«Bizga ortiqça vaznga ega zobitlar va içki işlar xodimlari kerak emas. Ular bu holatda qanday qilib jinoyatçini tutişadi? Sport bilan şuğullanişsin. Bu menga emas, ularning özi uçun foyda», degan davlat rahbari.

Prezident ular ma'lum bir muddat içida kerakli darajada vazn taşlaşlari kerakligini qöşimça qilgan.

Prezident jismoniy tarbiya va sportga e'tibor nafaqat uşbu tizimlarda, balki barça darajada kuçaytirilişi, içkilikbozlikka qarşi kuraş kuçaytirilişi lozimligini ta'kidlagan.

2016 yil dekabrda Tojikiston içki işlar vaziri ortiqça vazn sababli böşatilişi mumkin bölgan xodimlarga ortiqça vaznni taşlaş uçun bir oylik muddat berilişi haqidagi buyruqni qabul qilgandi. Buyruqqa köra, militsiya xodimlarining böy va vazn nisbati xalqaro me'yorlarga töğri kelişi lozimligi belgilangandi (misol uçun, agar militsiya xodimining böyi 168-170 sm bölsa, unda uning vazni 75 kg dan oşmasligi lozim edi).

2017 yilda Tojikiston içki işlar vazirligining 20 xodimi ortiqça vazn sababli işdan böşatilgandi.