Prezident Şavkat Mirziyoyev 15 mart kuni Toşkentda bölib ötadigan Humo Arena muz saroyining oçiliş marosimida iştirok etadi.
Şuningdek, xokkey va figurali uçiş böyiça jahon yulduzlarining taşrif buyurişi rejalaştirilgan. Özbekiston Xokkey federatsiyasidan Kun.uz’ga aniqlik kiritişlariça, jahon çempioni va Olimpiya öyinlari sovrindori Pavel Bure, şuningdek, olimpiya çempioni va uç karra jahon çempioni Valeriy Kamenskiyning kelişi kutilyapti.
Bundan taşqari, taklif etilgan mehmonlar orasida mamlakat hukumati va parlamenti a'zolari, viloyatlar rahbarlari, jamoat taşkilotlari vakillari, ilm-fan va madaniyat xodimlari, Özbekistonning maşhur sportçilari, paralimpiyaçilar, diplomatik korpuslar, bolalar sporti maktablari, mehribonlik uylari tarbiyalanuvçilari bor.
Oçiliş marosimining asosiy ğoyasi - sportning muz ustidagi turlari gözalligi va öz me'morçiligi hamda köp funksiyaga ega ekani bilan noyob bölgan muz saroyi sinergiyasi.
Eslatib ötamiz, Humo Arena köp funksiyali muz saroyining qurilişi 2017 yil fevral oyida boşlangan. Asosiy maydon 12,5 ming kişini siğdiradi va xokkey uçraşuvlari uçun foydalaniladi. Zal ötkaziladigan sport tadbiriga qarab örindiqlar joylaşuvini özgartira oladi. Asosiy maydonda basketbol, voleybol, gandbol, futzal, boks, taekvondo, şort-trek, figurali uçiş va kyorling böyiça öyinlar ötkazilişi mumkin, şuningdek, konsertlar taşkillaştiriş imkoni mavjud. Konsert zali şaklidagi siğim - 10 ming tomoşabin.

















