«Noviçok» asab-falajlovçi moddasi yordamida zaharlanib halok bölgan, Britaniyaning Eymsberisida yaşagan Don Sterjyessning öğli Rossiya prezidenti Vladimir Putinga maktub yölladi. 20 yoşli Evan Xoupning xati matni The Mirror tomonidan e'lon qilindi.

Xoup öz murojaatida Britaniya maxsus xizmatlariga Solsberida zaharlaniş hodisasini taşkil etiş böyiça ikki gumonlanuvçi - GRU agentlari Aleksandr Petrov va Ruslan Boşirovni söroq qilişga imkon yaratib beriş töğrisida söragan.

«Britaniya politsiyasi fikriça, onamning ölimi uçun kamida ikki kişi javobgardir. Biroq, aftidan, ular sizning davlatingiz himoyasi ostida bölib turibdi. Sizga inson sifatida murojaat qilaman - bu şaxslarni söroq qilişga ruxsat bering. Mening onam adolatga loyiqdir», - deyiladi Xoupning maktubida.

Şuningdek, halok bölgan ayolning öğli politsiyaga Britaniya hukumati tomonidan bu iş yuzasidan qöllab-quvvatlov taqdim etilişini kutişdan çarçagani haqida ma'lum qilgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Skripallar qanday qilib tirik qolgani tuşuntirib berilgandi.