«Noviçok» asab-falajlovçi moddasini tadqiq etişda qatnaşgan olim Vil Mirzayanov GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripal va uning qizi Yuliya kimyoviy modda ta'siridan nega halok bölmaganini aytib berdi. Bu haqda u Facebook’dagi öz sahifasida yozgan.
Zaharlovçilar tomonidan işlatilgan şişa sxemasiga köra, uning içida zaharli modda bölgan alohida joy mavjud edi. Mirzayanovning sözlariga köra, jinoyatçi uni qöllaşdan avval «Noviçok»ning töliq va tezkor sintezi uçun bu alohida joydan markaziy trubkani ötkazişi hamda şişa idişni bir neça marta silkitişi lozim bölgan».
Olimning xulosa qilişiça, zaharlovçi şaxsda, aftidan, reaksiya tugaşini kutişga yetarliça vaqt bölmagan: u şişa idişni yomon silkitgan, voqea sodir bölgan kunda havo harorati esa reaksiya muvaffaqiyatli ötişi uçun ança past edi. «Bu şişa içidagi «Noviçok» moddasining past konsentratsiyasi yuzaga kelişiga sabab böldi. Şu tariqa, eşik tutqiçiga nisbatan past bölgan, ya'ni «Noviçok»ning kişini öldirilmaydigan darajadagi konsentratsiyasi qöllangan. Aynan şuning uçun ham Skripallar halok bölmagan», - deya ta'kidlab ötdi u.
Eslatib ötamiz, avvalroq Skripalning jiyani bayonot bilan çiqib, Sergey Skripal vafot etib bölgani haqida ma'lum qilgandi.














