Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV AQShning yangi maxfiy quroli haqida ma'lumot berdi
Foto: Lance Cpl. Danielle Rodrigues/Marine Corps
AQShning Istiqbolli mudofaa ilmiy-tadqiqot ishlanmalari bo‘yicha agentligi (DARPA) jang maydonida «taktik tunellar»dan foydalanishni taklif qildi. Ular Amerikaning yangi maxfiy quroli bo‘lishi mumkin, deb yozmoqda The National Interest jurnali.
Nashrning ta'kidlashicha, Pentagonda jang maydonlarida tunnellar qurilishi bo‘yicha yetarlicha tajriba yo‘q. Biroq, shunga qaramay, jangda tunnellar tarmog‘idan foydalanish Amerika armiyasiga foydali bo‘lishi mumkin.
DARPA avvaliga burg‘ilash va tunnellar yaratish usullarining bajarilishi baholanuvchi o‘quv dasturini taklif etmoqda. 15 oyga mo‘ljallangan dasturning qiymati 11 million dollarga baholandi.
Xususan, tunnellar taktik tarmog‘i moddiy-texnik qo‘llab-quvvatlovning xavfsiz infratuzilmasini ta'minlab berishi mumkin. Masalan, u amaliyotdan avval oziq-ovqat mahsulotlarini olib o‘tish yoki qo‘shinlarning qaysidir hududdan o‘tishi davomida zaxiralarni muntazam ta'minlab berishda qo‘l keladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSh raketalarining Yevropada joylashtirilishiga javob qanday bo‘lishini aytgandi.
Mavzuga oid
20:59
Tramp AQSh Oliy sudida yutqazdi. Endi uning agressiv bojlari bekor qilinadimi?
20:42
AQSh harbiy samolyotlari Yevropa va Arabistondagi bazalar orasida muntazam qatnamoqda – OAV
13:10
Starmer Trampga yo‘q dedi: AQSh Eronga hujumda Britaniya bazalaridan foydalanolmaydi
12:32