Deduksiya haqida diskussiya. Özbek futbolini qanday qutqaramiz?
|01:58 / 05.03.201921 51321 min
Futbol tizimlarida umumiy, hamma uçun töğri qabul qilinadigan qoidalar mavjud. Ammo ba'zida bu qoidalar har doim ham işlamaydi va boşga balki teskari yöldan boriş kerakmikin, degan xayollar keladi. Balki bizning holat, vaziyat va şaroitlar biroz boşqaça xulosalarga sabab bölar? Bu haqida öylamay turib samarali yeçimlar topişning iloji yöq, nazarimda.
Sönggi paytlarda «davlat korxonalari tomonidan moliyalaştiriladigan futbol klublari» degan iborani köp öqiyapman. Bu tuşunça asosan Özbekiston Futbol Assotsiatsiyasi yoki PFL rasmiy xabarlarida uçrab turibdi. Aynan qaysi klublar davlat korxonalari, ya'ni davlat tomonidan moliyalaştirilayotgani aniq aytilmasa-da, bunday klublar uçun alohida qoidalar haqida ham söz boradi. Masalan, «2020 yildan boşlab Özbekistonning davlat korxonalari tomonidan moliyalaştiriladigan futbol klublarida kötarma puli beriş töxtatiladi», deyiladi şu yilning 15 fevral kuni çiqqan rasmiy xabarda.
Demak, futbol klublarini moliyalaştirişga davlat korxonalari mas'ul qilib qöyilgan va davlat futbolni ijtimoiy sohasi sifatida köradi va uni rivojlantirişga töğridan-töğri budjetdan bölmasa ham, öz uluşi bor korxonalar orqali pul sarflamoqda. Sodda qilib aytganda, bundan bir neça yil oldin, futbol jar yoqasiga kelib, mahalliy hokimiyatlar yoki korxonalar futbolga pul sarflaşdan qoçayotgan bir paytda, Prezident qarori çiqadi va u yerda futbolni moliyalaştiriş haqida söz boradi. Jumladan, mamlakatimizdagi davlat uluşi bor deyarli barça katta korxonalarning nomi tilga olinib, ularga hududlardagi futbol jamoalarini qöllab-quvvatlaş vazifasi topşiriladi. Misol uçun, OKMK Olmaliqdagi futbol klubini, Bekoboddagi zavod «Metallurg»ni, neftçilar ham bir neça klubni saqlab qolişlari kerak böladi. Mana şu tizim hozir ham amalda.
Endi birinçi abzatsdagi gapga qaytamiz, nega PFL yoki ÖFA klublarning smetasiga, qaysi futbolçiga neça pul tölaşi-yu, kötarma pullariga aralaşmoqda? PFLning javobi ma'lum – «biz davlat korxonalari pul berayotgan klublarga aralaşyapmiz, ular pullarni töğri sarflaşini, özaro kelişib, futbol uçun berilgan pullar talon-taroj qilinmasligini nazorat qilmoqçimiz».
Masalan, bir klub bir futbolçisini ikkinçi klubga sotsa, uning transfer narxini ham PFL nazorat qilar ekan. «Futbolçi arzonga sotilmasligi kerak, unga qilingan xarajat qoplanişi kerak», demoqda PFL. Bu yerda yana «öğrilar ovlanyapti», «öşa klub rahbari 100 millionlik futbolçisini 50 millionga sotib, qolgan pulni naqd, özining çöntagiga urmasin, davlat moliyalaştirayotgan klub daromad körsin», degan fikr bor PFLda. Lekin, qiziği, şunaqa bölişi mumkin deb, barça uçun çeklov qilib bölmaydi-ku, töğrimi? Balki klub öşa futbolçiga oson bölişi, ança vaqt şu jamoada öynaganini hisobga olib, arzonroqqa sotişga rozi bölişi ham mumkin-ku?
Mavzuga oid
Masalan, Robin van Persini «MYu» juda arzon narxga sotişga rozilik bergandi. Uning maoşi kattaligidan kelib çiqib, qimmatroq narx tölaş xaridor uçun oğirlik qilardi, transferni qiyinlaştirardi. «Yunayted» baribir öynatmayotgan futbolçi uçun baland narx qöyib, katta oylik tölab yurişdan voz keçdi va har ikki tomon uçun ham qulay narx belgilandi. Bu narx transfermarketdagi narxdan ança arzon edi.
Töğri, «Yunayted» yöqotgan bölsa, özi yöqotdi, davlatning pullarini emas. Bu yerdagi asosiy farq mana şu, xolos. Ammo klub yoki öşa pul berayotgan davlat korxonasi samarali sarflamayotgan pulni PFL qanday nazorat qila oladi? Bu yerda tomonlar juda köp – futbol rivojlanişini istayotgan Davlat, uning topşiriği bilan klubga pul berayotgan davlat korxonasi, pulni olayotgan klub, yana bulardan taşqari, davlat korxonasida işlaydigan rahbariyat, «davlat klubi» rahbariyati va PFL bor. Eng yomon tomoni davlat korxonasi manfaati bilan davlat korxonasi rahbari manfaatlari doimo ham mos kelmasligini yaxşi bilamiz. Mana şu zanjir içida juda köp pullar notöğri sarflanişi, talon-taroj qilinişi turgan gap. Har yili falon milliard söm pul futbol uçun sarflanaveradi, ammo futbol klubi tizimida oldinga qadam taşlaş, iqtisodiy baza şakllanganini körmaymiz. Ertaga Davlat çiqib, «aravangni özing tort, böldi», deb pul berişni töxtatsa, yana öşa beş yil oldingi holatga qaytib qolamiz, xolos. Beş yil içida nima özgardi?
PFL bu zanjirni, pul oqimini nazorat qila olmaydi. Faqat qandaydir çeklovlar qiliş orqali, faqat halol işlayotganlarniyam qiynab qöyişi mumkin xolos. Çunki, Davlat klublarga pul berib, öşa pullarning sarflanişini bevosita nazorat qiliş majburiyatini ham, huquqini ham PFLga bermagan. Şunçaki, PFL öşa pullarning töğri sarflanişi yölida turli qarorlar, tavsiyalar yoki yöriqnomalar orqali işlaydi, iş jarayonini nazorat qiladi, ammo moliyaviy tomoniga öta olmaydi.
Buning iloji ham yöq. Sababi, aytaylik, futbol klubiga pul berayotgan davlat korxonasi rahbari futbolga sarflagan pullari borasida faqat öz rahbariyatiga hisobot beradi. Va öşa pullarning ma'lum qismi moliyaviy hisobotlarda aks etmaydi. Rasmiy xarajatlardan taşqari, naqd aylanmalar bor va bu yerda kalavaning uçini eng usta revizor ham topa olmaydi. Zavod rahbari «futbolga mana şunça sarfladim» deydi, futbol klubi «şunça kerak deydi», xullas, mana şu oraliqda juda köp pullar «yöqolib ketadi» yoki samarasiz işlatiladi.
PFL «davlat pulini işlatyapsan, unday qil bunday qil» degani bilan, kimdir ularning öziga ham xuddi şunday savol berişi mumkin – «davlat pullari yoki davlat korxonalari moliyalaştirilayotgan davlat pullaridan badal puli olyapsan, şunça yilda nima özgardi, Pepsi bilan şartnomadan taşqari nima qilding? Qani translatsiya huquqlari, qani marketing, axir boşqa ligalar aksinça, badal puli yiqqunça, özlari klublarga pul tarqatadi-ku?». Bu savolga soatlab javob beriş mumkin va töliq qoniqiş bölmaydi.
Ikkinçidan, xöp, futbol bizda ijtimoiy soha ekan. Ijtimoiy soha ekani aniq, çunki na «Özbekiston temir yöllari», na OKMK futbolga şunça pul sarflaş orqali, marketing yoki reklamadan teng qiymatdagi foyda oladi. Olmaydi. Şunçaki, ijtimoiy mas'uliyat, yuqoridan topşiriq va qarorlargina ularni futbol bilan birlaştirib turibdi. Xullas, futbolga asosan davlat pullari sarflanayotgan ekan, tuşundik, xöş, Davlat hammamiz uçun bitta töğrimi? OKMK ham, «Özbekiston temir yöllari» ham, «Özbekneftgaz» ham davlatniki, ya'ni xalqniki, ularning futbolga sarflayotgan pullaridan uluş butun özbekistonliklar uçun teng – unda nega faqat ba'zi hududlarda futbol bor, ba'zilarida yöq? Nega Davlat Toşkent yoki Buxorodagi xalqqa futbol berib, Gulistonga bermayapti? Nega «Özbekiston temir yöllari» «Xorazm»ni ham moliyalaştirmayapti?
Albatta, absurd mavzuga aylanib ketadi bu tariqa ketsak, lekin menimça, Davlat pul beryaptimi, PFL bu pullar davlatniki deb klublarni «boşqariş va nazorat qiliş»ga harakat qilyaptimi, demak, har bir hududda klub paydo bölişi va davlatning futbol uçun sarflayotgan pullaridan foydalaniş imkoniyati mavjud bölişi kerak, tamom.
Yaqinda Ispaniyada futbolning Yalpi milliy mahsulotdagi uluşi va mamlakatga qança daromad olib kelayotgani haqida ma'lumotlar taqdim etildi. Albatta, ideal futbol jamiyatida Davlat futbolga pul sarflamaydi va qaçondir bizda ham şunday bölişidan umidvorman. Davlat futbol uçun pul bermasligi kerak. Lekin hozir bu yönalişda emasmiz, har yili korxonalar futbolga milliardlab pul berişyapti, uning qançadir qismi öğirlanib, qançadir qismi samarasiz sarflanişda davom etaveradi. Buni nazorat qiluvçi na bir tizim, na bir vosita bor va futbol «egasiz» mablağlarni özlaştiriş bahonasi bölib qolaveradi.
Xullas, mening taklifim şundan iborat.
Agar Davlat futbolni qöllab-quvvatlaşni istasa va futbolni aholining ijtimoiy ehtiyojlaridan biri deb hisoblasa, bu boradagi fikr özgargunça, hozirgidan boşqaçaroq tizimni havola etaman.
Avvalo, davlat korxonalari, davlat uluşi bölgan korxonalarga öz futbol klubiga ega böliş taqiqlanişi lozim. Buning heç qanday samarasi yöqligini allaqaçon tuşunib yetiş kerak. Çunki, har qanaqasiga, bizda davlat korxonasi manfaati bilan davlat korxonasi rahbarining manfaati farqli bölib qoliş xavfi doim mavjud. Futbol klubi rahbarga şunçaki, qöşimça daromad oliş, qöşimça aylanma yaratiş, «otkat oliş» uçun yana bir manbaga aylanib qolaveradi.
Öşa futbol klubiga pul beriş «majburiyatida bölgan» davlat korxonalari pullarni klublarga emas, PFLga beradi. Xuddi hozir klublar bilan bölganidek, PFL va öşa korxonalar örtasida marketing şartnomalari imzolanadi va öşa mablağlar evaziga PFL bu korxonalarni reklama qilişi mumkin.
Tasavvur qiling, «Özneftgaz»:
– Futbolga qança pul beryapsan, bir yilda?»
– Falon milliard.
– Xöp, şu pullarni (yoki ança kamroq) endi öşa klublarga emas, PFLga berasan.
(Mantiqan öşa davlat korxonasi uçun farqi yöq bölişi kerak, futbol xarajatlarining aynan qaysi hisobraqamga tuşişi. Ammo agar mana şu futbolga klublar orqali pul sarflanişidan davlat korxonasi rahbarlariga alohida manfaat bölsa, bu tizimga qarşi bölişlari tabiiy)
Xöş, bu pullarni PFL nima qiladi?
PFL klublardan badal pullari olişni töxtatadi. Aksinça, öşa davlat korxonalaridan (nafaqat davlat korxonalar, PFL özi marketing bilan şuğullanib, boşqa xususiy kompaniyalarni ham jalb qilişi va pulni köpaytirişi mumkin) olingan pulning bir qismini klublarga tarqatadi. Xuddi APL marketing, translatsiyalardan tuşadigan pulni klublarga tarqatadi-ku, xuddi şu kabi. Şunçaki, APL rostdan ham translatsiyalardan pul topadi, Özbekistonda hozir buning iloji yöqligidan, sal boşqaça – axir mamlakat böylab önlab boqimanda klublar davlat korxonalari bilan işlagandan köra, PFLning özi şu işni qilsa foydaliroq emasmi? Baribir butun Özbekistondagi klublarning professionallaşuvi va kadrlarning şaffof işlaşini ta'minlaşdan köra, xuddi şunday işlaydigan PFL taşkilotini tuziş osonroq emasmi?
PFL öşa yiğilgan pullarning bir qismini Superligada öynayotgani uçun klublarga tarqatadi, yana bir qismi esa, mavsum oxirida, egallagan örinlarga qarab tarqatiladi. PFLdan olinadigan pul klubning bir yillik xarajatlarini qisman qoplaşi mumkin va klublar aynan şu tufayli ham Superligada öynaşdan, u yerda jon saqlaşdan manfaatdor böladi.
Xöş, bu tizimda ilgariga nisbatan qanday qulayliklar bor?
Nazorat va şaffoflikka yöl oçiladi
Hozirda futbolning siyosat bilan aralaşişi, viloyat hokimlari, aylanayotgan naqd pullar, oğzaki topşiriqlar, «otkatlar» va hokazolarni nazorat qiliş tizimi ham, vositasi ham yöq. Yangi tizimda hamma pul faqat rasmiy şaklda pul ötkaziş yöli bilan PFL hisobiga tuşadi. Davlat korxonasi yoki uning rahbari futbolga şunça pul sarfladim, deb orada qançadir pul özlaştira olmaydi. Öşa belgilangan mablağni ötkazib beradi, tamom. Uning bu tizimdan qandaydir qinğirliklarga yöl oçiş imkoniyati yöqoladi.
Öz navbatida, klub ham PFLdan, ya'ni davlatdan belgilangan va aniq körsatilgan mablağni öz hisobraqamiga oladi. Aytaylik, homiy korxona rahbariyatidan şunça pul kerak klubga deb, qançadir qismini özlaştiriş imkoniyati bölmaydi.
Va tabiiyki, PFL ham klublarni endi, bemalol tekşirişi, özi berayotgan pullar qanday sarflanayotganini kerak bölganda, nazorat qilişi mumkin. Klublar aniq belgilangan summani olişgaç, öz-özidan, pulga egalik huquqi paydo böladi, öşa pulni xarajatlarga yetkaziş vazifasi qöyiladi. Qançadir qismini özlaştirib, keyin yetmadi, deb yana hokimiyatlardan pul qidirişga töğri kelmaydi.
Va tabiiyki, Özbekistonda futbolga sarflanayotgan pullar faqat bir tuynukdan, ya'ni PFLdan ötayotgani tufayli, bu pullarni nazorat qiliş osonlaşadi. Hozir öşa davlat korxonalariga futbolni moliyalaştir deb oğzaki yoki yozma buyruq yo qaror çiqarilgani bilan, aynan qança pul sarflanyapti, qanday sarflanyapti, heç kim bilmaydi. Qaysidir korxona naqd pul bilan rozi qilsa, qaysidir viloyatda hokim tadbirkor yoki öqituvçilardan pul yiğadi, qayerdadir qarzga yoki bosim asosida işlab yurilibdi, eng yomoni aniq ölçov va tizim yöq. Men aytayotgan variantda esa, Davlat istagan paytda futbolga qança sarflayotganini, qaysi korxonalar orqali bu iş qilinayotganini va bu pullar qanday taqsimlanayotganidan xabardor böladi.
Xususiy klublar paydo bölişi mumkin
Bunday şaroit hozir ham bor. Lekin qaysi ahmoq yiliga şunçaki futbol uçun ön milliardlab pul sarflaydi? Judayam qiziqib, oşib-toşib ketgan taqdirda ham, yiliga milliardlab pul sarflay oluvçi tadbirkor ba'zilarning qiziqişiga sabab bölmaydimi? Yangi tizimda esa, klub Superligaga çiqib olsa, tamom, yaşaş uçun minimal mablağlarga ega böladi. Uyoği esa, öziga havola, yaxşi menejment orqali, bu pullar ança samarali sarflanişi mumkin.
Umuman, agar PFL pulni şundoq beraversa, klublar boqimanda bölib qoladi, deyiş xato. Birinçidan, hozir ham klublar deyarli boqimanda bölib qolmoqda, ikkinçidan, Superligadan öşa pullarni oliş uçun avvalo, Superligada qoliş kerak. Hozirda Pro-Ligadagi jamoalar yuqori ligaga tahdid qila olişmaydi, çunki, çiqqan taqdirlarida ham, yetarli mablağ yöqligi tufayli turnirda iştirok eta olmasliklari mumkin. Agar Superliga öz iştirokçilariga mana şunday ta'minotni yölga qöysa, pastdan ham u yerga çiqmoqçi bölganlar soni ortadi. Superligada turiş, u yerga çiqiş hozirgidek oson bölmaydi.
Hozirda xususiy klub oçiş va Davlatning bebiliska milliardlab pullarini futbol uçun sarflayotgan klublar bilan raqobat qiliş umuman samarasiz bölib qolayotgan bir paytda, nafaqat şu işni qiliş, balki xususiy klublar paydo böladi, deb işoniş ham ahmoqlikdan boşqa narsa emas.
Birinçi liganing kuçayişi
Yaqinda bir paradoksal holatni eşitdim. «Maş'al» PFLga xat yozgan va mablağdan qiynalayotgani tufayli «Pro Liga A»da öynaşdan boş tortgan. Ammo xuddi öşa klub boşqa manbada agar Superligadan joy berişsa, u yerda öynaşga qarşi emasliklarini ham bildirişgan. Aslida bu yerda ziddiyat yöq. Pro Liga A va Superliga talablarida u qadar katta farq yöq. «Maş'al» katta pul sarflab, Superligada öynaşi mumkin, ammo xuddi öşança pul sarflab Pro Ligada yurişni istamaydi. Töğri-da.
Lekin jamoalarning munosabati va qaraşlariga e'tibor bering: şu vaziyatning özi ham klublarda faqat bir yillik qisqa rejalar borligidan dalolat qilmoqda. Pro Ligaga talablar Superliganiki bilan tenglaştirib qöyilsada, u yerda kuçli jamoalar paydo bölib qolmaydi.
Agar Superligaga çiqqan jamoaning u yerda «yaşaşi» uçun kerakli mablağ deyarli ta'minlanişi aytilsa, albatta, uning talabgorlari ham oşadi. Pro Ligada jiddiy kuraş yuzaga kelişi şubhasiz.
Maoşlar va kötarma pullari tartibga keladi
Hozirda PFL klublarning kötarma pullarini ham tartibga keltirişga urinmoqda, ammo buning iloji yöq. Baribir, öziga xos bozor bor, qandaydir çeklov qöysangiz, qolgan summa naqd pul şaklida aylanaveradi. Yangi tizimda PFL klublarning taxminiy, özi istagan smetasini işlab çiqişi va şunga mosroq şaklda beriladigan pullarni belgilaşi mumkin. Qolgan pul esa, öringa qarab mukofot şaklida beriladi.
Endi qarang, şu yerda kimdir, oyliklargaça PFL tomonidan belgilansa, umuman sotsializm quryapmizmi, deyişi ham mumkin. Yöq, aksinça. Aynan hozir oyliklar va kötarma pullarning nazoratga olişga uriniş köproq sotsializmga öxşaydi. Çunki klublarda «davlat korxonalari tomonidan moliyalaştiriladigan» deb ta'rif berganingiz bilan, baribir qança pul davlatdan olinyapti, qançasi boşqa yöllardan qoplanyapti, aniq aytiş qiyin.
Hozir masalan dunyodagi futbolçilarning maoşi haqida söz yuritilib, biznikilar olayotgan mablağlar ança kam ekanini aytadiganlar ham bor. Ammo bir narsani tuşuniş kerakki, Yevropa klublari öşa maoşlarni öz daromadlaridan, xususiy pullardan belgilayapti, bizda esa, bu pullar asosan davlat manbalari hisobidan şakllantirilayotgani sababli, futbolçining maoşi öqituvçi yoki şifokorning maoşi bilan taqqoslanişida mantiq bor.
Men tilga olinayotgan «maoşlar hisoboti» klublarga «futbolçilarga şundan ortiq bermaysan» deyiş uçun emas, klublarga beriladigan summani hisoblaş uçun kerak böladi, xolos. Klub öşa PFL bergan puldan taşqari, özi daromad qilişi, marketing yoki stadiondagi daromadlar orqali pul topib, futbolçilariga istagança maoş berişi mumkin. Qaysidir klub öz xarajatlarini oşirmoqçi, qimmatroq yoki yuqori maoş oladigan futbolçilarni yiğmoqçi bölsa, bemalol, daromadlarini oşirsin, pulni köpaytirsin, marhamat. Ammo agar şu yönalişda pul topa olmasa, öşa PFL bergan pulni yetkazişga, şunga mos maoş taklif qilişga va şunga mos futbolçilarni öynatişga majbur.
Futbol menejment rivojlanadi
Yuqorida aytilganlardan xulosa qilsak, tizim böyiça klublarda uç xil mazmunda daromad yuzaga keladi.
A daromad. PFL tomonidan yil boşida klublarga beriladigan, minimal xarajatlarni qoplaydigan summa;
B daromad. PFL tomonidan yil oxirida klublarga beriladigan summa. Bu jamoaning egallagan örnidan kelib çiqib aniqlanadi;
S daromad. Klublarning öz futbol faoliyatlari orqali topgan pullari. Çiptalar, atributkalar sotiş, marketing, homiylik şartnomalari, transferlar va hokazo.
Demak, klub S yönalişda istalgança daromad qilişi, şu yönalişga urğu berişi mumkin. Aynan şu daromadlarni oşiriş orqali, Superligadagi boşqa klublarga nisbatan ustunlik yuzaga keladi, xarajatlarni oşiriş imkoniyati tuğiladi. Öz özidan, klublar pullarni tejaşga ötişadi. B daromadni oşiriş uçun yaxşi murabbiy qidirişadi, çiptalardan daromadni oşiriş uçun muxlislar bilan işlaşadi, homiylardan köproq pul topiş uçun klub imiji va brendini rivojlantirişadi, transferlar orqali pul topiş uçun akademiyalarga, murabbiylarga, skautlarga e'tiborni kuçaytirişadi.
Öz navbatida, PFL ham professionallaşuvi va öşa davlatdan oladigan pullarni yillar davomida kamaytirib borişga harakat qilişi lozim. Klublarning S daromadi oşgan sari, A va B daromadlarga bölgan ehtiyoj pasayib boradi. Tabiiyki, qaçondir öşa pullar qisilganda yoki yöqolganda, klublarda, umuman futbolimizda yaşaş uçun qandaydir şaroitlar bölardi. Aks holda, şunça yillar davomida davlatning, ya'ni xalqning şunça puli tizimsiz va samarasiz sovurilişi, heç bölmasa, futbolga qiziqmaydigan odamlarga nisbatan adolatsizlik, menimça.
Albatta, neça yildir ötgaç, bu tenglik örtadan kötariladi. Baribir bir kun qaysidir klub boyroq, biri kambağal bölib qoladi. Öşanda ham Olmaliqda kuçli jamoa bölib, butun boşli Xorazm futbolsiz bölar... Ammo öşanda heç kimda e'tiroz bölmaydi, Olmaliqda futbolning borligi öşa klubning mehnatlari evaziga böladi, şunçaki, OKMK öşa yerda qurilib qolgani yoki hokimning futbolga qiziqişi tufayli emas...