Özbekistonda ekstremal sport turlari, ekologik va ziyorat turizmini rivojlantiriş uçun Toşkent viloyatining tabiiy şaroiti hamda imkoniyatlari yuqori baholanmoqda. Hududning yuqori ekoturizm salohiyati, ulkan toğ tizmalari, noyob hayvonot va nabotot dunyosi, qulay iqlimi bilan ajralib turişi esa bunga yorqin misoldir.

Toşkent viloyati Turizmni rivojlantiriş departamentidan xabar berilişiça, 1-3 mart kunlari viloyatning Böstonliq tumani, Çimyon hududida ChimganExtremal-2019 festivali bölib ötdi. Mazkur festival muhtaşam toğlar, oppoq qor, sovuq havo va döstlar davrasida barçani özida mujassamlaştirdi.

Sport – bu döstlik va tinçlikning öziga xos darakçisi, u jismonan va ma'nan soğlom avlodni tarbiyalaşda muhim örin tutadi.  Mamlakatimizda sportni, ayniqsa, bolalar va yoşlar sportini rivojlantirişga alohida e'tibor qaratilmoqda. 2019 yil 5 yanvardagi "Özbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida"gi 5611-sonli farmoni ijrosini, şuningdek, "EkologikMaxsus"  Respublika Davlat tabiatni muhofaza qiliş qömitasi kömagida sayyohlikni rivojlantirişga katta e'tibor qaratilmoqda va xayriya tadbirlari ötkazildi.

ChimganExtrem-2019 ekstremal-festivalining maqsadi - qişki sport turlari va dam olişni rivojlantiriş, toğ-çanği, snoubord, alpinizm kabilar şular jumlasidandir. 

Festival bayrami doirasida - sport anjumanlari, çanğiçilar va snoubordçilar örtasida musobaqalar ötkazildi.

Musoboqalar yakunida ChimganExtrem-2019 festivalining ğoliblarini tantanali taqdirlaş marosimi ötkazildi.