Eron taşqi işlar vaziri Muhammad Javod Zarif Suriya prezidenti Başar Asadning Tehronga taşrifi haqida avvaldan bilmagan. Bu haqda TIV matbuot kotibi Bahrom Qosimiy ISNA’ga aytib ötdi, deya xabar bermoqda Reuters.

«Taşqi işlar vazirligi heç qanday darajada ma'lumotga ega emas edi va bu nuqson taşrif oxirigaça davom etdi», - dedi u. Qosimiyning ma'lumotlariga köra, bunday muvofiqlikning yöqligi Zarifning iste'foga çiqiş töğrisidagi qarori sabablaridan biriga aylandi.

«Iste'fo xususiy, alohida masala emas edi», - deya qöşimça qilib ötdi u. Uning ta'kidlaşiça, bu vazirlik va, umuman, mamlakat diplomatik tizimini öz örniga qaytarişga uriniş edi.

Suriya prezidenti Başar Asad 25 fevralda Eronga taşrif bilan keldi. U Eron prezidenti Hasan Ruhoniy bilan uçraşdi. Ikki yetakçi ikki tomonlama munosabatlarni va Soçida Suriya böyiça ötgan sammit natijalarini muhokama qilişgan. Asad, şuningdek, Tehronda Eronning oliy diniy yetakçisi oyatulloh Ali Homanaiy bilan uçraşgan.

Şu kuni Eron taşqi işlar vaziri Muhammad Javod Zarif iste'foga çiqişini ma'lum qildi. Biroq, Hasan Ruhoniy uning iste'fosini qabul qilmadi.

Javod Zarif Eron taşqi işlar vazirligiga 2013 yildan beri rahbarlik qilib keladi. Aynan u 2015 yilda Barak Obama prezidentligi vaqtida yadroviy bitimni imzolagan. Keyingi yillarda u jahon arenasidagi taniqli şaxslardan biriga aylangan.