«Atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish to‘g‘risida»gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi

Foto: parliament.gov.uz
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda deputatlar «Atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish to‘g‘risida»gi qonun loyihasini ko‘rib chiqdilar.
Davlat rahbarining 2018 yil 19 iyuldagi «O‘zbekiston Respublikasida atom energetikasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni asosida ishlab chiqilgan ushbu qonun loyihasi mamlakatimizda atom energiyasidan foydalanishni tartibga soluvchi maxsus qonunga bo‘lgan hayotiy ehtiyojni ta'minlashga qaratilgan.
Loyiha atom energiyasidan foydalanishni ta'minlash tizimi uchun huquqiy asoslarni yaratish, atom energiyasi to‘g‘risida amaldagi barcha me'yorlar va qoidalarni unifikatsiya qilish, ularni O‘zbekiston Respublikasi tomonidan imzolangan xalqaro majburiyatlar bilan muvofiqlashtirish, atom energiyasidan foydalanishda yuridik shaxslar va fuqarolar xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha milliy qonunchilikka xorijiy davlatlarning eng samarali tajribasi hamda mexanizmlarini joriy etishni nazarda tutadi.
Qonun loyihasi bilan atom energetikasi sohasida Vazirlar Mahkamasi, atom energetikasini rivojlantirish, undan foydalanish sohasida yagona davlat siyosati va strategik yo‘nalishlarini ishlab chiqish bo‘yicha vakolatli organ — Energetika vazirligi hamda vazirlik huzuridagi atom energetikasini rivojlantirish agentligi («O‘zatom» agentligi) hamda boshqa davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining vakolatlari belgilanmoqda. Atom energetikasidan foydalanish sohasida xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga solish tizimi joriy etilmoqda.
Parlament a'zolarining ta'kidlashicha, mazkur qonun loyihasining qabul qilinishi atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish, atom energetikasini rivojlantirishning huquqiy shart-sharoitlarini yaratishga xizmat qiladi. Atrof-muhitni ionlashtiruvchi nurlanishning salbiy ta'siridan muhofazalash, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘ini saqlash tizimini shakllantirish hamda avariya holatlarining paydo bo‘lish xavfini minimallashtirish maqsadida atom energiyasidan foydalanishda mansabdor shaxslarning javobgarligini joriy etishga ko‘maklashadi.
Mazkur qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi.
Tavsiya etamiz
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
Iyunda ob-havo nisbatan salqin bo‘lishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 16:47 / 10.06.2025
Mavzuga oid

16:09 / 30.05.2025
O‘zbekiston va Italiya atom energiyasi sohasida hamkorlik qiladi

15:35 / 11.05.2025
Parlamentda ko‘pchilik bloki tuzildi. Endi muxolifat ham paydo bo‘ladimi?

11:10 / 30.04.2025
Parlamentda g‘oyalar to‘qnashuvi: Navbatdagi yalpi majlis qanday o‘tdi?

18:00 / 23.04.2025