Jahon | 14:54 / 06.03.2019
21094
1 daqiqa o‘qiladi

Jaloloboddagi kompaniya ofisiga qilingan hujum qurbonlari soni 16 kishiga yetdi

Foto: Mohammad Anwar Danishyar/AP

Afg‘oniston sharqida xususiy qurilish kompaniyasi ofisiga hujum uyushtirilishi oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 16 kishiga yetdi, yana to‘qqiz kishi jarohatlandi. Bu haqda Pajhwok agentligi xabar berdi.

Avvalroq uch kishi halok bo‘lgani va olti kishi jarohatlangani xabar qilingandi.

Chorshanba kuni ertalab bir necha nafar jangari Jalolobod shahridagi qurilish kompaniyasiga hujum uyushtirdi. Otishma davomida hujum uyushtirganlarning besh nafari xavfsizlik kuchlari tomonidan o‘ldirildi.

Hujum uchun javobgarlikni Afg‘oniston hududidagi hech bir guruh o‘z zimmasiga olmagan.

Avvalroq "Sinxua" agentligi qurollangan kishilar Jalolobod aeroporti yaqinidagi binoni egallab olishgani haqida xabar qilgandi.

Mavzuga oid