Jyenevada ötayotgan avtosalonda “Butunjahon yil avtomobili” tanlovi taşkilotçilari asosiy va qöşimça yönalişlar böyiça finalga ötgan modellarni ma'lum qilişdi.
Fevral boşida tanlovning final qismiga ötgan 10 ta model ma'lum qilingandi. Endi bu faxriy nom uçun faqatgina uçta model kuraş olib boradi: Audi e-tron, Jaguar I-Pace va Volvo S60/V60. Ikkita ilk avtomobil elektrokarlar hisoblanadi.



Tanlovda asosiy nominatsiyadan taşqari yana beşta qöşimça yönaliş böyiça ğoliblar aniqlanadi. “Eng yaxşi şahar avtomobili” unvoni uçun Hyundai AH2/Santro, Kia Soul va Suzuki Jimny; “Eng yaxşi nufuzli avtomobil” unvoni uçun Audi A7, Audi Q8 va BMW 8-Series; eng yaxşi sportkar nomi uçun Aston Martin Vantage, McLaren 720S va Mercedes-AMG 4-Door Coupe kuraş olib boradi.


Şuningdek, “Eng yaxşi “yaşil” avtomobil” yönalişida Audi e-tron, Hyundai Nexo va Jaguar I-Pace ğoliblikka da'vogarlik qiladi. Eng yaxşi dizayn uçun Jaguar E-Pace, Suzuki Jimny va Volvo XC40 kuraşadi.

Tanlov ğoliblari 17 aprelda Nyu-Yorkdagi avtosalonda e'lon qilinadi. Ularni 86 jurnalistdan iborat hakamlar hay'ati aniqlaydi.

















