Bugun, 6 mart kuni Toşkent şahrida ommaviy axborot vositalari vakillari Özbekistonning maşhur sportçi va çempionlari bilan norasmiy uçraşuv ötkazişdi. Tadbir mamlakat uçun muhim ahamiyat kasb etuvçi HumoArena muz kompleksining oçiliş marosimi oldidan bölib ötdi.
Uçraşuvda özbek sporti yulduzlari - Ruslan Nuriddinov, Azamat Abduraimov, Oksana Çusovitina, Abdulla Tangriyev, Iroda Tölaganova, Mirjalol Qosimov va Şamsiddin Vohidovlar iştirok etişdi. Tadbir doirasida sportçilar Kun.uz muxbirining HumoArena muz sport kompleksining işga tuşişi Özbekistonga nima berişiga doir savoliga javoban quyidagi fikrlarni bildirişdi:
Ruslan Nuriddinov, oğir atletika böyiça Olimpiya çempioni:

"HumoArena haqida gapiradigan bölsak, uning oçilişi Özbekistonda qişki sport turlarini rivojlantiriş uçun juda katta imkoniyatlarga yöl oçadi. Endi xokkey, figurali uçiş kabi sport turlari köpçilik uçun orzu emas, haqiqatga aylanadi. Umid qilamizki, qişki sport turlari butun Özbekiston böylab rivojlanadi, buning uçun birinçi, eng katta qadam taşlandi. Şu işni viloyatlar kesimida ham davom ettirilsa va bundan barça birdek manfaatdor bölsa, harakatlar öz natijasini bermay qolmaydi. HumoArena muz saroyining qurilişi kelajakda Özbekiston sportçilarining qişki olimpiadalarda ğalaba qozonişiga zamin yaratadi".
Jahon gimnastikasi afsonasi, Oksana Çusovitina:

"Bunday arena Özbekistonga juda kerak edi. Reglamentga muvofiq xalqaro musobaqalarni ötkaziş imkoni bu. Öylaşimça, u yerda sportning barça turlari böyiça bellaşuvlar ötkaziş mumkin, Osiyo çempionati, Jahon çempionatlari şular jumlasidandir. Ehtimol, sport gimnastikasi böyiça xalqaro musobaqalar ötkazilar. Şu bilan birga, u yerda kerling böyiça musobaqalar ötişi mumkin. Odamlar hatto qiziqqanidan u bilan şuğullanişi mumkin, şaxsan men ham. Qanday bölmasin, HumoArena kabi sport kompleksi bizga juda kerak edi. Hali köp ota-onalar arenaga öz farzandlarini qişki sportlari bilan şuğullaniş uçun ham olib kelişadi, deb öylayman, çunki bu Özbekiston uçun yangilik. Qaçonlardir meni ham 5 yoşimda figurali uçişga qiziqib sobiq "Yubileyniy" saroyiga borganman, lekin nima uçundir bu sport turi öşa paytlar menga qiziq emasdek tuyulgan va men özimni gimnastikaga bağişlaganman".






















