15 mart kuni oçiliş marosimi bölib ötgan, MDHda muqobili yöq deya e'tirof etilayotgan Humo Arena muz saroyi Özbekistonda nafaqat sport, balki turizm rivojiga ham hissa qöşadi. Kun.uz muxbiri Özbekiston Respublikasi Boş vazir örinbosari Aziz Abduhakimovning Humo Arena haqidagi sözlariga asoslanib, şu haqida xabar berdi.

Aziz Abduhakimovning sözlariga köra, Humo Arena sport kompleksining qurilişi Özbekistonda sport rivojlanişiga katta turtki beriş uçun barça imkoniyatlarga ega.

Aziz Abduhakimov

"12 mingdan ziyod kişini özida siğdira oluvçi sport saroyi hududida muz arenasi, maşğulotlar maydoni, bolalar öquv-köngiloçar parki, oilaviy dam oliş markazlari, amfiteatr, favvorali xiyobonlar, restoran va rekreatsion zonalar, boğ va sayr zonasi, zamonaviy parking va boşqa köplab inşootlar bölib, ularni qurişda jumladan jismoniy imkoniyatlari çeklangan kişilar ham inobatga olingan", - deydi u.

Ta'kidlanişiça, obektning asosiy diqqatga sazovor jihati noyob transformer-arena bölib, u özining innovatsion texnologik işlanmalari tufayli biryöla bir neça - muz, sport va konsert rejimlarini qöllaş imkonini beradi.

"Prezidentimiz mazkur inşootning ulkan ijtimoiy ahamiyatga ega bölişiga alohida e'tibor qaratdilar. Kompleks yil böyi xizmat körsatadi, şuningdek uning bazasida sport jamoalari şakllantiriladi", - deya qöşimça qildi Abduhakimov.

“Humo Arena kompleksining qurilişi Özbekistonga nima berişi töğrisidagi savolga boş vazir örinbosari quyidagiça javob berdi:  

“Birinçidan, Özbekiston yoşlarida sport bilan şuğullaniş uçun qöşimça rağbat paydo böladi, qişki va yozgi sport turlarini rivojlantiriş, eng yuqori darajadagi musobaqalarni ötkaziş uçun zamonaviy maydonlar paydo böladi.

Ikkinçidan, bunday keng kölamli, köp funksiyali obekt, şubhasiz, Özbekiston va, xususan, Toşkent şahrining bezagiga aylanadi, bu esa yurtimizga taşrif buyuruvçi sayyohlar va mehmonlarda katta qiziqiş uyğotadi”.