17 dekabrdan Toşkent şahrining Beşyoğoç köçasi böylab harakatlaniş çeklanadi. Bu haqda Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

«Toşkent şahri hokimining 11 dekabrdagi qarori asosida «Humo Arena» kompleksi qurilişi munosabati bilan barça turdagi avtomobillarga (qurilişda iştirok etayotgan avtomobillardan taşqari) 2018 yilning 17 dekabridan 2019 yilning 1 martiga qadar  Beşyoğoç köçasining Furqat köçasidan Afrosiyob köçasiga qadar harakatlaniş çeklanadi», deyilgan xabarda.

Xabarda uşbu çeklov qurilişda qatnaşayotgan transport vositalari va texnikalariga taalluqli emasligi qöşimça qilingan va keltirilgan noqulayliklar uçun uzr söralgan.

Foto: Toşkent IIBB

Qayd etiş kerakki, Toşkentda Humo Arena köp tarmoqli muz saroyini quriş işlari 2017 yilning fevralida boşlangandi. Quriliş işlari reja böyiça 2018 yilning 31 dekabrigaça yakunlanib, inşoot foydalanişga topşirilişi kerak edi. Şu yilning avgustida ham Toşkent şahri hokimligi matbuot xizmati ham «Humo Arena» muz saroyi 2018 yil oxiriga qadar işga tuşirilişi haqida xabar bergandi.

Prezident «Humo Arena» qurilişini borib kördi

IIBB xabaridan ma'lum böladiki, quriliş işlari keyingi yil bahoriga qadar keçiktirilgan.

Ayni vaqtda hududda quriliş işlari davom etmoqda.

Foto: ÖzA

Majmuada ölçamlari 60×30 metr bölgan ikkita - asosiy va maşq muz arenalari rejalaştirilgan bölib, bino umumiy maydoni 74 ming kvadrat metrni taşkil qiladi, bino tört qavatdan iborat, balandligi esa 36 metrni taşkil etadi.