Şvetsiya boş vaziri Stefan Leven Şvetsiya IŞID jangarilari tomonidan Suriyada sodir etilgan jinoyatlarni tergov qiluvçi maxsus tribunal taşkil etiş taklifi bilan çiqişni rejalaştirmoqda. Leven bu haqda Aftonbladet naşriga bergan intervyusida aytib ötgan.
Şvetsiyalik vazir bunday taklif bilan yevropalik hamkasblari bilan 7 martda Bryusseldagi uçraşuvda çiqmoqçi.
“Inson huquqlari buzilganligi uçun javobgarlik bölişi kerak. Agar kimdir terakt yoki harbiy jinoyatlar sodir etsa, u bu qayerda yuz berganidan qat'iy nazar, sud oldida javob berişi lozim”, deb aytgan Leven.
Vazirning ta'kidlaşiça, xalqaro tribunallar avval ham taşkil etilgan, biroq bu vaziyatda bir qator öziga xos xususiyatlar bor.
Xalqaro tribunallar avval Ruanda va Kosovodagi harbiy jinoyatlarni tergov qiliş uçun taşkil etilgan.













